AL-ISRO surasi17.81 . Yana ayting: "Haqiqat (ya'ni, Islom) keldi va botil (kufr) yo'qoldi. Chunki botil yo'qoluvchi (narsa)dir." 17.82 . (Biz) Qur'onda(n) mo'minlar uchun shifova rahmat bo'lgan (oyat)larni nozil qilurmiz. (Lekin bu oyatlar) zolim (kofir)larga faqat ziyonni orttirur. 17.83 . Qachon (Biz) insonga (tinchlik, salomatlik, farovonlikni) in'om etsak, u (shukr qilishdan) yuz o'girib, o'z holicha ketur. Qachon unga (xastalik, kambag'allik kabi) biror yomonlik yetsa, noumid bo'lur. 17.84 . Ayting: "Har kim o'z ravishiga qarab amal qilur. Rabbingiz kim to'g'ri yo'lda ekanini yaxshi biluvchidir". 17.85 . (Ey, Muhammad,) Sizdan ruh haqida so'raydilar. Ayting: "Ruh faqat Rabbimning ishidandir". Sizlarga esa oz ilm berilgandir. 17.86 . Qasamki, agar hohlasak, albatta, Sizga qilgan vahiy (Qur'on)ni ketkazurmiz, so'ngra o'zingizga (Qur'onni qaytarib olish uchun) Bizga qarshi biror vakil (homiy) topa olmassiz. 17.87 . Illo Rabbingizning marhamati bilangina (Qur'onni qaytarib olishingiz mumkin). Darhaqiqat, Sizga Uning fazli kattadir. 17.88 . Ayting: "Qasamki, agar insu jin ushbu Qur'onning o'xshashini keltirish uchun birlashib, bir-birlariga yordamchi bo'lsalar-da, uning mislini keltira olmaslar". 17.89 . Aniqki, (Biz) ushbu Qur'onda odamlar uchun turli masal (ma'no)lardan bayon qildik. Lekin odamlarning ko'plari faqat inkornigina ixtiyor etdilar. 17.90 . Aytdilar: "Toki bizlar uchun (mana shu) yerni yorib, bir buloq chiqarib bermasang, biz senga sira imon keltirmaymiz.
|