ISLOM FALSAFASIDA ILOHIY ADOLAT MASALASIUlarning muqobilida bo’lgan “Ash’ariylar†esa aqliy mustaqillikni mutlaqo inkor etadilar, ularning aqidalaricha, insonning aqli yaxshi va yomonni o’zi ajratish qudratiga ega emasdir, faqat shariatgina unga nima yaxshiyu va nima yomon ekanligini ko’rsatib beradi. Chunki birinchidan, yaxshilik va yomonlik bu nisbiy tushunchalar bo’lib muhit va zamon tasirida o’zgarib turuvchi tushunchalardir. Shuning uchun ash’ariylar “zotiy husn va qubh†ni mutlaqo inkor etadilar. Ikkinchidan, aql shariatga tobe’dir, ya’ni yetakchilik qilish qudratiga ega emasdir. Bu e’tiqodga ega ash’ariylar o’zlarini “ahli sunnat†yoki “ahli hadis†deb atashgan. Aqliy mustaqillikni qabul qilish odamlar orasida shunday fikr tug’dirdiki, go’yo aql mustaqilligi hadis va sunnatga qarshidek, degan tushuncha paydo bo’ldi. Mana shuning uchun ham Ash’ariylar tarafdorlari keskin suratda ko’payib ketdi. Mutaziliylar esa aksincha ancha zaiflashdilar. Albatta mutaziliylar sunnatga nisbatan e’tiborsizlik qilmagan edilar, lekin Ash’ariylarning o’zlarini “Ahli sunnat†deb nomlashlari va o’zlrining muqobilidagilarni esa sunnatga zid deb e’lon qilishlari avom xalq orasida kata ta’sirga ega bo’ldi. Shuning uchun uchinchi asrning boshlariga kelib mutaziliylar ning maglubiyatga uchrashlarida mana shu kabi tafakkurlarning keng yoyilishi betasir bo’lmadi. Mutaziliylikning asl mohiyati bilan tanish bo’lmagan bir guruh sharqshunoslar ularni “sunnatga qarshi chiqqan hurfikrli odamlar†deb ta’riflashgan edi. Lekin aslida esa ahs’ariylar va mutaziliylar orasidagi ixtiloflar amalda islom dini bilan bog’liq emas edi. Mutazilylar ash’ariylarga nisbatan islom diniga g’amxo’rroq odamlar bo’lishgan. Garchi ikki guruh orasidagi tortishuvlar boshida zotiy husn va qubh yoki ilohiy adolat bilan bogliq masalalarida bo’lgan bo’lsa-da, keyinchalik bu tortishuvlar tavhid masalasigacha cho’zilib ketdi. Bu masalada ham (tavhid-Allohning yagonaligi) mutaziliylar aqlga tayanib isbotlashga harakat qilishgan bo’lsa, ash’ariylar esa hadislarning zohiriga tayanishgan edi. ALLOHNING ISHLARIDA NIYAT VA MAQSAD
Shunday qilib jabr va extiyor haqidagi boshlangan bahslar to’rtinchi masalaga yetib keldi. Ma’lumki, insonlar biror ishni qilmoqchi bo’lganlarida undan, nima uchun bunday qilyapsan?-deb so’ralganda “uchun†so’zini ishlatamiz. U ham o’z navbatida “falon narsa uchun†deb yana “uchun †so’zini ishlatadi. Masalan, nima uchun dars o’qiyapsan?-deyilsa, “bilimli bo’lish uchun†deb javob beradi. Shunday qilib har bir “nega†muqobilida “uchun †mavjud bordir. Mana shu “uchunâ€lar inson qilayotgan ishiga ma’no bag’ishlaydi. Ma’noli yaxshi maqsadda qilinadigan har bir ish ezgulik hisoblanadi. Ma’noga ega bo’lmagan ish puch hisoblanadi. Albatta bir ish boshqa ma’ni va “uchunâ€ga ega bo’lishi ham mumkin. Inson tarafidan mutlaqo maqsadga gea bo’lmagan ishning sodir bo’lishi amri maholdir. Hatto behuda deb aytilgan ishlar ham nisbatan behudadir, umuman bemaqsad emasdir. Masalan xom hayolga berilib aql bilan qilinmagan ishlarga behuda ishlar deb aytamiz. Lekin bu ish o’z asosiga nisbatan behuda emas, balki tayanishi kerak bo’lgan asosga ega bo’lmagani uchungina unga nisbatan behudadir. Behudalikning qarshisida esa boshqa bir tushuncha bordirki, unga “hikmat†deyiladi. Hakimona ish nisbiy holda ham maqsad va g’oyadan xoli bo’lmaydi. Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, har bir yaxshi ishni amalga oshirish uchun faqat qo’yilgan maqsad kifoyat qilmaydi, balki unga yetish yo’lini ham to’gri tanlay olish kerak bo’ladi. Shuning uchun oqil odam birinchidan, o’z ishida g’oya va maqsadga ega bo’ladi, ikkinchidan esa turli maqsadlar orasidan eng to’grisini tanlay olish qobiliyatiga ega bo’ladi. Uchinchidan , qo’ygan maqsadiga yetish uchun eng yaxshi yo’lni tanlaydi. Hakim (hikmatga ega bo’lgan) odam hamisha yaxshi sharoitlarni to’gri tanlay olib maqsadiga sari harakat qiladi. Hamisha hakim odam negalar qarshisida o’zining “uchunâ€iga egadir. Masalan, -Nima uchun bunday qilyapsan?-deyilsa, - Falon maqsad uchun-deydi. -Nima uchun falon maqsadni afzal deb bilasan? - Falon sabab uchun. - Nima uchun falon narsani sabab qilib olgansan? - Falon afzalliklari borlii uchun. Shunday qilib, inson hayotida qanchalik “nega?â€larga to’gri “uchunâ€lar bilan javob qaytarmaydigan bo’lsa, bu uning shunchalik hikmatdan uzoqligini ko’rsatadi. Xo’sh, Alloh Taolo haqida esa uning fe’llari haqida qanday fikr yuritishimiz mumkin? Allohning maqsad va sabablari ham insonnikiga o’xshashmi? Mutaziliylar e’tiqod qilishlaricha, Aloh Taolo o’z fe’llarida muayyan qonun-qoicda va hikmatga asoslanib ish ko’radi. Uning ham o’z ishlarida maqsadi bo’lib, U donoligi va kamoloti yuzasidan to’gri tanlash orqali maqsadiga yetadi. Ammo ash’ariylar esa Xudovandning o’z fe’lida g’oya va maqsadli ekanligini inkor qiladilar va Qur’onda keltirilgan hikmat tushunchasini bunday talqin qiladilar: Xudovand hikmatli ishlarni qiladi emas, balki Xudoning hamma ishlari hikmatlidir. Mutaziliylar aytishicha, Haq Alloh Taoloning fe’llari (ishlari) bir qator hikmatlar borligi uchun mo’ljallangandir. Ammo ash’ariylar esa Allohning fe’lari falon hikmatlar uchundir deyish ning o’zi ham joiz emas.alloh Taolo biror maxluqni qandaydir hikmat uchun yaratmaganligi va u uchun faraz qilingan ashyo va hikmat orasida hech qanday aloqa yo’qdir, shuningdek, Alloh maxluqning yaratuvchisi bo’lgani kabi hikmatning ham yaratuvchisidir. IKKI GURUH ORASIDAGI TAFOVUT HAQIDAGI NATIJA
Shunday qilib , ash’ariylar va mutaziliylar orasidagi aqidaviy tafovut quyidagi masalalarda edi: Allohning adolati, jabru extiyor masalasi, insonning fitratan yaxshilik va yomonlikni ajrata olish qudrati (zotiy husn va qubh)hamda Allohning o’z fe’llaridagi masqai hikmat asosidami yoki yo’qmi kabi masalalarda edi. Yuqoridagi masalalarda har ikki oqimning tutgan poziciyalari bilan tanishib chiqdik. Mutaziliylar jahd bilan adl, aql, extiyor va hikmat (Allohning fe’llari hikmat asosida ekanligi) tarafdorlari edilar. Ularning muqobilida bo’lgan ash’ariylar esa jahd bilan ularning tafakkurlariga qarshi turar edilar. Mutaziliylar Adliya deb nom oldilar. Bu nom faqat adl tushunchasini emas, unga qo’shimcha extiyor, aqliy husn va qubh, Allohning hikmat asosida ish yuritishi kabi masalalarni ham ifoda etar edi. ADL YOKI TAVHID
e’tirozlaridan biri budirki, go’yo Allohning hikmat asosida ish ko’rishligi yoki insonning extiyor sohibi ekanligi tavhid (yakkaxudolikka) ziddir. Nega deganda go’yo Allohni ma’lum qonun –qoida asosida ish ko’rishga ma’ul qilib qo’yilkgandek bo’lar emish. Ya’ni bu bilan xudodan extiyorni olib qo’yilgandek bo’lar emish.
|