ISLOM FALSAFASIDA ILOHIY ADOLAT MASALASIKamida yigirma yildan buyon qo’lga qalam olib maqola va kitoblar yozyapman, yozganlarimda faqat bir narsani- asrimizning islomiy muammolarini hal etish, bu muammolar atrofidagi savollarga javob qaytarishni oldimga maqsad qilib qo’yganman, u ham islom diniga hizmat qilish uchundir. Yozganlarimining ayrimlari falsafiy, ayrimlari ijtimo`iy,ba’zilari axloqiy,ayrimlari fiqhiy va bir qismi taririxiy mavzularga oiddir. Bularning mazmun-mundarijasi bir – biridan butunlay farq qilsa ham , hammasida bir maqsad ko’zda tutilgandir. Muqaddas islom dini chuqur o’rganilmagan bir dindir. Unung haqiqati sekin – astalik bilan odamlar nazarida aks ko’rinishga ega bo’lishi va bir guruh kishilarning undan qaytishi islomga nisbat berilgan noto’g’ri ta’limotlar natijasidandir. Bu muqaddas din hozirgi zamonda har narsadan ko’proq uni himoyalashga da’vogarlik qilayotgan ayrim kishilar va guruhlar tomonidan zarba – zarar ko’rmoqda. Bir tomondan, g’arbiy mustamlakachilikning ko’zga tashlanadigan va tashlanmaydigan omillari hujumi, boshqa tomondan islomni himoyalashni da’vo qiluvchilarning xato – kamchiliklari islomiy fikrlarning asl – mohiyatigacha hujum ostida qolishga sabab bo’lmoqda. Shu sababli, kamina kuchim yetguncha ushbu maydonda vazifamni bajrishni o’z burchim deb bilaman. Asarlarda yozganimizdek, diniy nashrimiz noqulay vaziyatga qolgan. Agar zararli, obro’sizlantirushchi asarlarni hisobga olmasak, foydali asarlarimiz ham oldingi darajada emas. Ba’zi zaruriy mavzularda bironta kitob yozilmagan bo’lsa, boshqa bir mavzularda esa haddan ortiq kitoblar yozilgan va yozilib chop etilishi davom etyapti. Bir so’z bilan aytadigan bo’lsak, yoritilayotgan mavzular aniq reja va ehtiyojlar asosida yo’lga qo’yilmagandir. Shunday ekan, biz iqtisodiyotining ijtimoiy asosi bo’lmagan mamlakatga o’xshamaymiz, har kim o’z qobiliyatiga ko’ra nimani xohlasa ishlab chiqaradi yoki xorijdan keltiradi va bularning hammasini hisobga oluvchi, ularga pahbarlik qiluvchi, mamlakat ehtiyoji asosida mahsulot ishlab chiqarish yo keltirish me’yorini nazorat qiladigan bir markaz mavjud emas. Boshqacha qilib aytganda, hamma narsa “tasodif†qo’liga berib qo’yilgan. Ma’lumki, bunday vaziyatda ayrim mahsulotlar keragidan ortiq ishlab chiqariladi va ayrimlari esa,bozorda umuman topilmaydi. Mana shu yuzaga kelgan vaziyatdan chiqishning yo’li bormi? Biz ha, mushkilni hal qilishning yo’li bor va bu chora unchalik qiyin ham emas, deb javob beramiz. Buning uchun qalam ahli va ulamolar bir yoqadan bosh chiqarib jamiyatning hayotini yaxshi o’rganib undagi talabga ko’ra taklif qilishlari masalani hal qila oladi. Afsuski, men buni ijodkorlar va qalam ahliga aytganimda ular meni noto’gri tushunishdi va hatto ba’zilari mendan ranjishdi. Nimaga deganda ularning e’tiqodlaricha, har kim o’z iste’dodiga asosan va o’zi yoqtirgan mavzuda so’z yuritishi kerak. *** Men bu bilan tanlagan mavzularim va bu borada qalam tebratganlarim eng muhim mavzulardir demoqchi emasman. Faqat bir narsani nazarda tutaman: o’z tashxis salohiyatim doirasida, kuchim yetgunicha islomiy masalalardagi muammolarni yechish bilan shug’ullanishim, imkon qadar islomiy haqiqatlarni qanday bo’lsa, shundayligicha tanishtirish usuli doirasidan tajovuz qilmasligim, garchi qo’limdan islomiy chekinishlar oldini olish kelmasa ham, loaqal imkon darajasida bunday chekinishlarga qarshi kurashishim, xususan, islom muxoliflari quroli bo’lmish masalalarga oydinlik kiritishim va bu sohada “Al-ahammu fal-ahamm†qoidasini loaqal o’z salohiyatim doirasida ado etishim lozim.
|