ISLOM FALSAFASIDA ILOHIY ADOLAT MASALASIOxirgi uch-to’rt yil davomida ko’proq vaqtimni ayollar va ularning haq-huquqlariga bog’liq islomiy masalalarga sarfladim va ularning aksar qismi maqolalar turkumi tarzida ayrim ro’znoma va jurnallarda yoki alohida kitob bu borada faqat amaliy tarzda inqirozlar vujudga kelmaganni tushunib erganim uchun,o’z vaqtimni bu ishga sarfladim,vaziyat shundan iboratki, bir guruh kishilar madrasa sinfxonalarida o’z ma’ruza va kitob-maqolalari bilan ayollar huquq, cheklov va vazifalari borasidagi islom nuqtai nazarini noto’g’ri sharh qilmoqdalar va “ o’zining o’ldirib, o’zing janozasini o’qi†degan gap bo’yicha ushbu narsalarni islomga qarshi targ’ibot quroli sifatida havola etadilar va taassufki, musulmonlarimizning ko’pchiligi bu boradagi islom mantig’I haqida ( boshga ko’pchilik mavzular kabi) hech qanday ma’lumotga ega emaslar. Afsuski, bunday targ’ibot ko’pgina ayol va erkaklarni islomga nisbatan badrin qilib qo’yilgan. Shu bois bu zaminda islom mantig’ini ishkor etmoqni lozim topdim, toki nafaqat islom mantig’idan norozi bo’lmiqning nomymkinligi, balki ayollarning haq – huquqlari, cheklanish va vazifalari borasidadagi, haqqoniyligi boshqa mantiqlardan ustunligini tan olmoq eng to’g’ri dalil ekanligini bilib olsinlar. Muqaddimaning birinchi nashrida aytilganidek, ushbu kitobda yoritilgan mavzular husayniya muassasida qilingan ma’ruzalar asosida qilingandir. Albatta ma’ruzalar tahrir qilinganidan keyingina kitob shaklida chop etilgandir. Lekin shundoq bo’lsa ham tabiiyki qilingan ma’ruzalar asosida qilingan kitob kishini qoniqtirmaydi. Shuning uchun bu nashrda men birinchi va ikkinchi nashrlarni qayta o’qib chiqib ularga islohotlar kiritib , ba’zi so’z va iboralarni sharhlab qaytadan komilroq qilib chop etishga harakat qildim. Birinchi nashrga nisbatan komilroq bu ikkinchi nashrda unga nisbatan beshdan bir hissa miqdorida sharhlar ilova etilgandir. Kitobning ahamiyati haqida so’z yuritadigan bo’lsam, aytishim kerakki, men undagi mavzularni shunchaki emas, balki haqiqatdan ham muhim va dolzarb masalalar asosida yoritishga harakat qildim. Chunki men bilan muloqotda bo’lgan aksari odamlar , ayniqsa yoshlar bu masalalarni ko’p ko’tarishadi. Shuningdek, bahsni ortiqcha cho’zmaslik maqsadida eng ko’p so’raladigan savollarni jamlab turib ularga komil har taraflama javob berishga harakat qildimki, bunda o’xshash savollarni so’ragan har bir savol qiluvchi o’z javobini olishi mumkin. Javob berishda har ikki usuldan, ya’ni ham naqliy va ham aqliy dalillardan foydalanilgandir. Naqliy dalillarga Qur’oni Karim oyatlari, hazrat rasuli akram (saov) va pok imomlar (a.s) hadislari kirtadi. Aqliy dalillarga esa islomiy mutakallimlar (kalom ilmi ahli) va faylasuflar (hukamolar) dalillari kiradiki, men asosan faylasuflar uslubidan (uni to’griroq deb bilganim uchun) foydalandim. Albatta ba’zan kalom ulamolarining nazarlaridan ham foydalanganman. Ilm ahliga ma’lumki faylasuflar mutakallimlarga o’xshab “Ilohiy adolat†haqida so’z yuritmaganlar. Men islom faylasuflarining bu borada yozilgan bironta risolasiga duch kelmadim. Shuning uchun menga bu masalani (falsafiy dalil keltirish bilan)yoritib berish oson kechmadi va men ko’pgina qiyinchililarga duch keldim. Garchi ibn An-nadim o’zining “Al-fehrest†nomli kitobida yozishicha, Yaqub ibn Ishoq Al-Kindiy “Ilohiy adolat†haqida bir asar yozgan ekan. Bu kitob bugungi kunda bormi yo’qmi, yoki uning yozilishi falafiymi yoki kalomiymi mening xabarim yo’qdir. Boshqa bir buyuk olim Hoja Nasiriddin Al-Tusiy ham bu mavzuda yozgan, u falsafiy uslubda yozganligi uchun ko’proq isbotlashga emas, balki ishontirish va yoki hatto buyurish tarzida yozishga harakat qilgan. Ibn Nadim tarafidan zikr etilgan Yaqub bin Ishoq Al-Kindiy islom falsafasining peshvolaridan biri edi. U arab millatiga mansub bo’lganligi uchun unga “Faylasuful arab†laqabini berishgan edi. Shuning uchun uning mutakallimlar uslubida emas, balki faylasuflar usulida bahs yuritganligi haqiqatga yaqinroqdir. Yaqinda esa bir olimdan yangi xabar eshitdim. Uning aytishicha, islom faylasuflarining shayxi bo’lmish Abu Ali ibn Sino “Ilohiy adolat ’haqida risola yozgan ekan. Lekin afsuski, men bu kitobni qo’lga kiritishga muvaffaq bo’lganim yo’q. Bir qarashda faylasuflar Ilohiy adolat masalasiga kam ahamiyat bo’lganga o’xshasalar-da, ammo mutakallimlar esa bu masalaga jiddiy etibor qaratgan edilar. Hatto bu masala asosida turli oqimlar va qarama-qarshiliklar yuzaga kelghan edi. JABR VA EXTIYOR
Tarixning guvohlik berishicha hijratning birinchi asrining ikkinchi yarmidan boshlab (milodiy yettinchi asr) musulmonlar orasida o’zaro e’tiqodiy tortishuvlar boshlangan bo’lib, bular orasida eng birinchi bahs- bu jabr va extiyor masalasida edi. Bu masala birinchi navbatda ijtimoiy masala bo’lib, undan keyin esa tabiiy va ilohiy masaladir. Bir tarafdan insonning oz’ ishlarida majbur yoki erkin ekanligi ijtimoiy masala bo’lsa, boshqa tarafdan esa Allohning tayin qilgan qazo va qadar masalasi ilohiy va tabiat bilan bog’liq masala ekanligini anglatadi. Hijratning birinchi asrida ilmiy tafakkurga ega bo’lgan musulmonlarning jabr va extiyor masalasiga alohida ahamiyat bilan qaraganliklari tabiiy bir hol edi. Chunki jamiyat islomiy jamiyat bo’lib Qur’oni Karimga alohida etibor berilar edi. Boshqa tarafdan esa Qur’onda jabr va extiyor, jazo va mukofot masalalari ko’p ko’tarilgan edi. Qur’on ham bu masalalarga e’tibor berishga da’vat etar edi. ADOLAT MASALASI
Jabr va extiyor haqidagi bahslar o’z-o’zidan adolat haqidagi munozaralarga sabab bo’ldi. Chunki adolat va extiyor orasida bevosita bog’liqlik mavjuddir. Boshqa tarafdan esa jabr bu adolatning aksidir, nimaga deganda o’z ishlarida majbur bo’lgan odamga jannat v a jahannam haqidagi tushuncha mantiqsizdir. Axir qanday qilib hamma ishni ilohiy taqdir deb majbur bo’lgan odamni jazolash yoki mukofotlash mumkin?! Shunday qilib islom kalom ulamolari ikki qarama –qarshi guruhga bo’lindilar: biri- Ilohiy adolatga va insonning extiyor sohibi ekanligiga e’tiqod qiluvchi mu’tazila guruhi, ikkinchisi esa insonning mutlaqo extiyorga ega emas va u o’z ishida majburdir, deb e’tiqod qiluvchi Ashoira (ahli hadis) guruhi. Albatta ikkala guruh tarafdorlari ham Allohning adolatini inkor etmaydilar. Chunki Qur’oni Karimda Allohning zulm qilmaydigan Odil zot ekanligi haqida ochiqdan-ochiq aytilgandir. Faqat ikinchi guruh vakillari Ilohiy adolatni o’ziga xos tafsir qilganlar. Ularning e’tiqodlaricha, Allohning adolati bu oldindan tayin qilib bo’lmaydigan ma’lum meyorlar bilan belgilanadigan tushuncha emasdir. Axir Alloh mutlaqo Hokim bo’lgan zotdir, qanday qilib bizlar unga vazifa va yoki mayor tayinlashimiz mumkin?-deb aytishadi ular. Allohning qiladigan har qanday ishi ayni adolatdir deyishadi. Adl tarafdorlari –mutaziliylar aytadi: Alloh Taolo hamma ishlarini adolat miqyos va qonunida amalgam oshiradi, chunki adolat bu haqqoniyatdir. Boshqa so’z bilan aytadigan bo’lsak, mutaziliylar e’tiqodlaricha, Allohning adolati ham ma’lum qonunga bo’ysunadi. INSONNING FITRATAN YAXSHILIK VA YOMONLIKNI AJRATA OLISH QUDRATI ( ZOTIY HUSN VA QUBH)
Allohning adolati haqida suhbat yuritar ekanmiz o’z-o’zidan yangi masalaga duch kelamiz, u ham bo’lsa insonning zotan yaxshilik va yomonlikni ajrata olish qudrati bormi yoki yo’qmi degan masala. Boshqcha aytganda agar odam shariat bilan tanish bo’lmasa yaxshilik nimayu yomonlik nima ekanligini ajrata oladimi yoki yo’qmi degan savoldir. Mana shu qudratga ega bo’lishlikni mutakallimlar “zotiy husn va qubh†deb atashadi. M asalan, o’grilik, yolg’on, baxillik va hasad kabi bir qator salbiy sifatlar, yoki, ehson qilish, rostgo’ylik , vafo va omonatdorlik kabi ijobiy sifatlarni faqat shariat bilan tanish odamlar biladilarmi yoki bu sifatlarning yaxshi yoki yomon ekanliklarini insonlar tabiati yoki fitrati zotan yaxshi taniydimi? AQLIY MUSTAQILLIK MASALASI
Yuqorida ko’rib chiqqanimiz zotiy husn va qubh shu narsani taqozo etadiki, u ham bo’lsa aqlning yetakchilik rolini o’ynay olishi qobiliyatidir. Chunki aytganimizdek bu yerda aqlning shariatga suyanmagan holda mustaqil shaklda husn va qabohatni ajrata olish qudrati bor yoki yo’q ekanligi haqidagi nasala birinchi o’ringa o’tadi. Mutaziliylar shiddat bilan zotiy husn va qubh tarafdori bo’lib, ularning e’tiqodlaricha insonning aqli mutlaqo mustaqildir, u yaxshi va yomonni ajratishda shariatga umuman ehtiyoji yo’qdir, deydilar.
|