ISLOM FALSAFASIDA ILOHIY ADOLAT MASALASIBizning asrimiz diniy-mazhabiy jihatdan, xususan, yosh avlod uchun, iztirob, ikkilanish va inqirozlar asridir. Davr-zamon qiyinchiliklari bir qator turli inkor va so`roqlarni vujudga keltirgani bilan birga, eskirgan va unutilgan savollarni ham qaytadan yuzaga chiqardi. Mana shu shak-shubhalar qurshovidan qo’rqish kerakmi yoki yo’qmi? Menimcha, tashvishlanishning hech qanday xojati yo’q, chunki shak-shubha – bu qat`iy ishonch (iyqon) muqaddimasi, savol – bu maqsadga erishish ibtidosi, iztirob – bu osoyishtalik topmoq (xotirjamlik ) muqaddimasidir. Shak – shubha bu garchi u noqulay manzil va to`xtam bo`lsa ham haqiqatga yetaklovchi yo’lboshchidir. Islom tafakkur bilan e`tiqod – ishonch manziliga yetish lozimligini tushuntiradi. Hikmatlaridan birida aytadi: “ So’zlamoqning foydalardan biri shuki, xaqiqatga yetaklab, shak-shubhani esa oradan ko’taradi. Shak – shubha tashvish – iztiroblarni keltirib chiqadigan omil bo’lgan taqdirda ham har qanday rohat- farog’at hissi ushbu tashvish – iztiroblardan afzalroq emas. Hayvonot uchun shak – shubha hissi begona bo’lgan taqdirda ham, iymon iymon e’tiqodli bo’la olarmidi? Bunday rohatlanish shak – shubhadan yuqori turadigan yaqiyn ahlining xotirjamligi (osoyishtaligi)ga yeta olmaydi. “ Alloh fayzidan bahramand bo’lgan zotlar â€. ( “ Min indallohi â€) dan tashqari yana chin e`tiqod (iyqon) ahli, ya`ni iymon – e`tiqodning asl maqsadiga yetmoq niyatida shak – shubha va inkor manzilidan o’tgan zotlar ham bor. Bas, agar asrimizni shak – shubha asri deb qabul qilsak , buni davrimiz tanazzuli , chekinishi dalili sifatida tushunmaslik lozim. To’g’ri, shak – shubhaning bu turi ko’proq ko’zga tashlanadigan oddiy rohatlanishdan kamroq emas. Afsuski, biror kishining shak – shubhaga tushmog’i to’g’ri yo’lga yetaklamaydi yoki biron jamoaning shak – shubhasi ham kishilarning bu boradagi extiyojlarini qohdira olmaydi. ***
|