4-10 - Dars



فَمَن يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْراً يَرَهُ  * ÙˆÙŽÙ…ÙŽÙ† يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ شَرّاً يَرَهُ *

99.6 . O'sha Kuni odamlar, ularga (nomai) a'mollarini ko'rsatilishi uchun to'da-to'da bo'lib chiqib kelurlar.

99.7 . Bas, kimki dunyoda zarra miqdorida yaxshilik qilgan bo'lsa, (Qiyomat kuni) uni ko'rar.

 

99.8 . Kimki zarra miqdorida yomonlik qilgan bo'lsa, uni ham ko'rar.

Zilzila surasi; 6 ,7 va 8–oyatlar

Har bir qilgan amalimiz yaxshimi yoki yomin bo`ladimi albatta yozib qo`yiladi. Mana shu narsani nazarda tutish qiladigan ishlarimizda ehtiyot bo`lishimizga yordam beradi. Bugungi kunning kashf etilgan ajoyibotlaridan yana biri o`tgan zamonda yasalgan ashyolarning yasalish paytida chiqqan ovozlarni eshittiruvchi dastgohning ixtiro qilinganidir. Bu esa qilingan amalning tajassumini bu dunyoning o`zida ham ko`rishimiz mumkinligini anglatadi. Buyuk donishmandlardan biri aytishicha, hozirgi kunda ana shunday dastgoh bilan ikki ming yil oldin yasalgan Misr ko`zasining yasalish jarayonidagi ovozini kashf etish mumkin bo`ldi. Ya`ni dastgohda ikki ming yil oldingi ko`zagarning ish jarayonida taratgan ovozlar to`lqinini eshitish mumkindir. Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, Qur`onda aytilganidek insonning har bir qilgan amali qiyomatda mujassamlanadi. Qilingam har bir ish insonning ruhi va badaniga ta`sir etadi, oxiratda esa ham ruh va ham badan qilgan ishi uchun javob beradi.

 

O`ylab javob bering:

1.   Insonning oxiratdagi umri bu dunyodagi umriga o`xshaydimi?

2.   Oxiratning ajri va azoblari haqida bu dunyoda tasavvur qila olamizmi?

2.    Jannatdagi ne`matlar va do`zahdagi azoblar faqat moddiy jihatdan bo`ladimi?

3.    Amallarning jismoniy suratda namoyon bo`lishi deganda nimani tushunasiz? Qur`onda bu haqda nima deyiladi?

4.    Qayta tirilish haqidagi bahsarda qanday mushkilotlar haqida bahslashiladi?



back 1 2 3 4 5