4-10 - Dars41.21 . Ular terilariga: "Nima uchun bizga qarshi guvohlik berdinglar?" - deyishganida, (terilari): "Bizlarni, barcha narsani so'zlatgan zot - Alloh so'zlatdi. Sizlarni ilk bor U yaratgan va sizlar yana Uning O'zigagina qaytarilmoqsizdalar", - deydilar. Fussilat; 21-oyat
Oldingi zamonda bu narsani tasavvur qilish ham qiyin edi. Lekin bugungi kunga kelib fan va texnika rivojlanishi bilan, masalan, ovoz yoki tasvirni yozib olish mumkinligini ko`rib turgan paytda bu narsani tasavvur qilish ancha osondir. Har holda shuni aytishimiz mumkinki, qayta tirilish ham ruhiy va ham jismoniy bo`lganligi uchun ajr va savobi ham shunga yarasha ikki taraflama bo`ladi. Masalan moddiy qayta tirilishni nazarda tutib moddiy mukofotlar ham beriladi. Qur`onda bu haqda quyidagicha vasf etiladi: وَبَشّÙر٠الَّذÙين آمَنÙواْ وَعَمÙÙ„Ùواْ الصَّالÙØَات٠أَنَّ Ù„ÙŽÙ‡Ùمْ جَنَّات٠تَجْرÙÙŠ Ù…ÙÙ† تَØْتÙهَا الأَنْهَار٠كÙلَّمَا رÙزÙÙ‚Ùواْ Ù…Ùنْهَا Ù…ÙÙ† ثَمَرَة٠رّÙزْقاً قَالÙواْ هَـذَا الَّذÙÙŠ رÙزÙقْنَا Ù…ÙÙ† قَبْل٠وَأÙتÙواْ بÙÙ‡Ù Ù…ÙتَشَابÙهاً ÙˆÙŽÙ„ÙŽÙ‡Ùمْ ÙÙيهَا أَزْوَاجٌ مّÙطَهَّرَةٌ ÙˆÙŽÙ‡Ùمْ ÙÙيهَا خَالÙدÙونَ 1.25 . Imon keltirib, solih amallarni qilganlarga xushxabar beringki, ular uchun ostilaridan anhorlar (suvi) oqib turuvchi bog'lar (jannatlar) bor. Rizq etilgan mevalardan har gal tanovul qilganlarida: "Bu ilgari bizga rizq qilib berilgan mevalarning xuddi o'ziku", - deydilar. Zero, ularga (surati) bir-biriga o'xshash mevalar beriladi. Yana ular uchun u yerda pokiza juftlar bordir va ular u yerda abadiy qoluvchilardir. Baqara surasi; 25-oyat
Ma`naviy mukofot va rag`batlantirish haqida esa bunday deyiladi: وَعَدَ اللّه٠الْمÙؤْمÙÙ†Ùينَ وَالْمÙؤْمÙنَات٠جَنَّات٠تَجْرÙÙŠ Ù…ÙÙ† تَØْتÙهَا الأَنْهَار٠خَالÙدÙينَ ÙÙيهَا وَمَسَاكÙÙ†ÙŽ طَيّÙبَةً ÙÙÙŠ جَنَّات٠عَدْن٠وَرÙضْوَانٌ مّÙÙ†ÙŽ اللّه٠أَكْبَر٠ذَلÙÙƒÙŽ Ù‡ÙÙˆÙŽ الْÙَوْز٠الْعَظÙيم٠9.72 . Alloh mo'minlar va mo'minalarga ostidan anhorlar oqib turadigan, mangu yashaydigan jannat (bog')laridagi pok maskanlarni va'da qildi. Allohning rizosi esa, (hammasidan) kattaroqdir. Ana shu(lar) ulkan yutuqdir. Tavba surasi; 72-oyat; Ha, jannat ahli uchun Allohning roziligiga erishishdan ko`ra buyukroq ne`mat yoqdir. Allohning roziligidan shunday lazzatlanadilarki, hech qaysi ne`mat ular uchun bunchalik lazzatbaxsh bo`lmaydi. Xuddi shuningdek, do`zah ahli uchun Allohning g`azabidan ko`ra qattiqroq azob yo`qdir.
|