4-10 - DarsONINCHI DARSJANNAT VA DO`ZAH. AMALLARNING TAJASSUMIKo`pchilik odam o`zidan oxirat olami haqida so`rab u ham bu dunyoga o`xshaydimi, undagi jazo va azoblar bu dunyonikiga o`xshaydimi? –deb so`raydi. Bu savolga javob berib aytishimiz mumkinki, oxirat olami bilam bu dunyo orasida katta farq bor. Bizning oxiratdagi bilgan narsalarimiz xuddi uzoqdan ko`ringan sharpani bilganimizdek xolos. Eng yaxshisi oldin ham misol qilib keltirganimiz embrion misolidan foydalanamiz. Ona qornidagi olam bilan bu dunyo orasida qanday farq bo`lsa, xuddi shunga o`xshab bu dunyo va oxirat orasida shunday farq bordir. Faraz qiling agar embrion aqli hushi va tili bo`lsa, va biz undan bu dunyoning osmonu-yulduzlari, quyosh va o`simlik dunyosini tasvirlab berishini istasak, tabiiyki, u bu dunyo haqida hech narsa deya olmaydi. Chunki u faqat tor dunyosiga munosib bo`lgan lug`atga egadir va tashqi olamdagi, ya`ni bu dunyoda yashayotgan odam soatlab unga bu dunyoning go`zalliklari haqida gapirib bersa ham uni tushunib yetmaydi. Bu dunyoning oxirat olamiga nisbatan chegaralanganligi ham xuddi shunga o`xshaydi. Hatto biz yashayotgan dunyo oxiratga qaraganda chegaralanganligi homila olamining bu dunyoga nisbatan chegaralanganligidan ko`proqdir. Shunday ekan, qanday qilib oxiratning ne`matlari haqida tog`ri tasavvur qilishimiz mumkin? Hadisi sharifda aytilishicha jannatdagi ne`matlarni hech kim eshitmagan, ko`rmagan va hatto aqliga ham sig`dira olmaydi. Qur`oni karimda ham bu haqda bunday deyiladi: Ùَلَا تَعْلَم٠نَÙْسٌ مَّا Ø£ÙخْÙÙÙŠÙŽ Ù„ÙŽÙ‡ÙÙ… مّÙÙ† Ù‚Ùرَّة٠أَعْيÙن٠جَزَاء بÙمَا كَانÙوا يَعْمَلÙونَ 32.17 . Bas, ularning qilib o'tgan amallariga mukofot uchun yashirib qo'yilgan ko'zlar quvonchini (oxirat ne'matlarini) hech kim bilmas. Sajda surasi; 17; Shuning uchun ayta olamizki oxiratdagi olamda ko`p narsa bu dunyonikiga o`xshamaydi. Masalan, bizlarning qilgan amallarimizga tanamizning a`zolari u yerda guvohlik beradilar: الْيَوْمَ نَخْتÙم٠عَلَى Ø£ÙŽÙْوَاهÙÙ‡Ùمْ وَتÙكَلّÙÙ…Ùنَا أَيْدÙيهÙمْ وَتَشْهَد٠أَرْجÙÙ„ÙÙ‡Ùمْ بÙمَا كَانÙوا يَكْسÙبÙونَ 36.65 . Bu Kunda Biz ularning og'izlarini muhrlab qo'yurmiz. Bizga ularning qilib o'tgan ishlari haqida qo'llari so'zlab, oyoqlari guvohlik berur. Yosin ;65- oyat
وَقَالÙوا Ù„ÙجÙÙ„ÙودÙÙ‡Ùمْ Ù„ÙÙ…ÙŽ Ø´ÙŽÙ‡ÙدتّÙمْ عَلَيْنَا قَالÙوا أَنطَقَنَا اللَّه٠الَّذÙÙŠ أَنطَقَ ÙƒÙلَّ شَيْء٠وَهÙÙˆÙŽ خَلَقَكÙمْ أَوَّلَ مَرَّة٠وَإÙلَيْه٠تÙرْجَعÙونَ
|