HAZRAT ALI (A.S) TARIXDAGI ENG BUYUK XATIBLARDANDIR



Arzu sahluha jabal, va ma’uha vashal, va tamruha daqal, va aduvuha batal, va xayruha qalil, va sharruha tavil, val kasiru biha qalil, va qalilu biha zoye’ va ma varouha sharr minha.

Yuqorida kelltirilgan johiliya zamonidagi yozilgan baytlarni hazrat Ali (a.s0 aytgan so’zlaridagi husnu xitob bilan also solishtirib bo’lmaydi. Axir yorug’ kun bilan qorong’I kechani o’zaro muqoyasa qilib bo’larmidi? Biz bu yerda hazrat Ali (a.s)ning Nahjul balog’asidagi istalgan xutba va hikmatlaridan misol keltirishimiz mumkin edi, chunki ularning hammasida ham balog’at va fasohat namunasini ko’rishimiz mumkin. Lekin biz faqat ayrim misollarnigina keltirib bu bilan o’quvchilarning so’z mahoratiga jazb bo’lishlarini istar edik. Soz’ mahoratining yetuk namoyandasi esa shaksiz imom Ali (a.s)dir.

Endi esa uning purhikmat so’zlaridan yana misollar keltirmoqchimiz:

«فان‏الغاية امامكم، Ùˆ ان وراءكم الساعة تحدوكم، تخففوا، تلحقوا، فانما ينتظر باولكم آخركم‏. -- نهج‏البلاغه، صبحى صالح، خطبه 21 .

Fainnal g’oyata imamikum, va in varoakum soati tahadukum, taxaffafu talhaqu fainnama yantaziru bovalakum axarakum

Oxirat oldindadir, qiyomat sizlarni itarib itarib o’z tarafiga chaqirmoqdadir, ketgan  karvonga yetib olishingiz uchun yuklaringizni yengillatinglar,birinchi ketganlar keyingilarni ko’zlamoqdalar, shu tarzda  hamma o’z o’tganlariga yetib olgunlaricha davom etadi.

Bu kalomnig go’zalligini (albatta tarjimada go’zallik unchalik ko’zga tashlanmaydi, chunki mutarjim hazrat Alining so’z mahoratidan bebahradir (mutarjimdan)) tushunishimiz mumkin, lekin ta’riflab berishimiz qiyindir.

Boshqa bir misol:

خالطوا الناس مخالطة، ان متم معها بكوا عليكم، و ان عشتم حنوا اليكم -- نهج البلاغة ، صبحى صالح قصار 10

Xolitu binnas muxolata in mittum baku alaykum, in I’shtum hanu ilaykum



back 1 2 3 4 5 6 next