HAZRAT ALI (A.S) TARIXDAGI ENG BUYUK XATIBLARDANDIRMa’lumki, barcha millatlarda bayon qilish hunari yuqori qadrlanadi. Qadimlardan yunon, rum , shuningdek arab adabiyotida nutq so’zlashda qofiyalardan foydalanish keng rivojlangan edi. Hato bu o’rinda qofiyalashtirish masalasida haddan oshishlik ham ro’y berib turar edi va bu o’z navbatida bayonning go’zallugiga emas, aksincha uning jozibasini ketkazar edi. Shuningdek bilamizki, agar she’rda qofiya bo’lmaydigan bo’lsa, uni also she’r deb atab bo’lmaydi. Agar qofiyadan kerakli yerda ustalik bilan foydalanadigan bo’linsa, bu ham aytilgan gapning go’zalligiga va ham eshituvchining tezroq yod olishiga xizmat qiladi. Qur’oni Karimda qofiyadan foydalanish mahorat bilan amalgam oshirilganligining shohididirmiz. Masalan quyidagi oyatlarda ham ana shu uslubni ko’rishimiz mumkin: ما لكم لا ترجون لله وقارا، Ùˆ قد خلقكم اطوارا Ma lakum la tarjunalloh,viqoran va qod xolaqakum itvoran الم نجعلâ€Ø§Ù„ارض مهادا والجبال اوتادا Alam naj’ail arza mihada val jibala avtada? Ùيها سرر مرÙوعة، Ùˆ اكواب موضوعة†Fiyha sirarun marfua va akvabun mavzua Albatta Qur’oni Karim bu Allohning kalomidir va hech kim zebolik va kamolotda unga tenglasha olmaydi. Lekin hazrat Ali (a.s) ham hazrat rasuli akram (saov)kabi husni xitobga ega bo’lgan edilar va qofiyadan o’z o’rnida juda ustalik bilan foydalangan edi. Shunisi diqqatga sazovordirki, imom Ali o’z xutbalaqri va hikmatlarida atiydan oldindan tayyorlab qo’yib qofiyalardan foydalanmagan edi, balki so’zlari orasida o’z-o’zidan qofiyalar kelib chiqar edi. Masalan, imom Basra ahliga qaratib bunday degan edi: كنتم جندالمراة، Ùˆ اتباعâ€Ø§Ù„بهيمة، رغا Ùاجبتم، Ùˆ عقر Ùهربتم . اخلاقكم دقاق، Ùˆ عهدكم شقاق، Ùˆ دينكم Ù†Ùاق، Ùˆ ماؤكم زعاق . والمقيم بين اظهركم مرتهن بذنبه، والشاخص عنكم متدارك برØمة من ربه . كاني بمسجدكم كجؤجوء سÙينه، قد بعثâ€Ø§Ù„له عليهاالعذاب من Ùوقها Ùˆ من تØتها، Ùˆ غرق من ÙÙŠ ضمنها . نهجâ€Ø§Ù„بلاغه پارسى، Ø® 13 . Sizlar bir ayol kishining lashkarlari edingizki, uning tuyasining na’rasiga itoat qildingiz, qachonki usha tuya oyog’idan toyganida esa hammangiz har tarafga qochdingiz. Sizning axloqingiz nopisand, ahdu-paymoningiz sust, diningiz ikki yuzlamachilik, suvingiz sho’rdir. Oralaringizda qolib ketganlar gunohi uchun javob berayapti, sizlarni tark etganlar esa Allohning rahmatiga yana noil bo’lajakdir. Men go’yoki selda xarob bo’lgan masjidingizni ko’rayotgandekman. Uning balnd minoralaridan o’zga hech narsasi qolmagandek, xuddi dengizda g’arq bo’lgan kemaning baland yelkanlaridan o’zga narsasi qolmagani kabi sizning masjidlaringizda ham hech narsa qolmagandir. Alloh Taolo usha kemaga o’zining balosini tushirgandir, shuning uchun uning hech vaqosi qolmagandir. (Nahjul balog’a; 13-xutba;)
|