NABA surasi78.32 . Ya'ni bog’lar va uzumlar, 78.33 . (yosh va husnda) tengqur, bo'liq siynali (hur qiz)lar 78.34 . va (sharob) to'la qadahlar bordir. 78.35 . Ular u joyda biror behuda va yolg’on so'z eshitmaslar. 78.36 . (Bu) Rabbingiz (tomoni)dan bo'lmish mukofot va hisob(-kitob)dir. 78.37 . (U) osmonlar va Yerning hamda ularning o'rtasidagi (bor) narsaning Parvardigori Mehribon zotdir. Undan (izn bo'lmaguncha) so'zlashuvga ega bo'lmaslar. 78.38 . Ruh (Jabroil) va (barcha) farishtalar saf tortib turadigan Kunda (odamlar) gapirmaslar, faqat Mehribon zot izn bergan kishigina (so'zlar) va (faqat) rost so'zlar. 78.39 . Bu haq (va rost) Kundir. Bas, kim xohlasa, Parvardigori tomon qaytadigan yo'lni tutar. 78.40 . (Ey, Makka kofirlari,) darhaqiqat, Biz sizlarni yaqin(da voqe bo'ladigan) azobdan ogohlantirdik. U Kunda (har bir) kishi o'zi qilib o'tgan narsani (ya'ni barcha yaxshi-yomon amallarini) ko'rar va kofir kimsa: "Eh, koshki edi tuproq bo'lsam", - der.
|