NABA surasi78.11 . Kunduzni esa, tirikchilik (vaqti) qildik. 78.12 . Tepalaringizda yetti (qavat) mustahkam (osmonni) bino qildik. 78.13 . Yana charaqlab turuvchi chiroqni (quyoshni paydo) qildik. 78.14 . Yana Biz siqib chiqaruvchi (bulut)lardan duv-duv suv (yomg'ir) yog’dirdik. 78.15 . Toki, u sababli don va nabotot (undirib) chiqarurmiz. 78.16 . Shuningdek, qalin bog’larni ham. 78.17 . Albatta, Ajrim Kuni (hisob-kitob uchun) belgilangan vaqtdir. 78.18 . U Kunda sur chalinur, bas, sizlar to'p-to'p bo'lib (mahshargohga) kelursizlar. 78.19 . Osmon ham ochilib, (farishtalar uchun) darvozalarga aylanib qolur. 78.20 . Tog’lar ham (joylaridan) jildirilur. Bas, u sarobga aylanib qolur.
|