NABA surasi78.1 . (Mushriklar) bir-birlaridan nima haqida so'rashmoqdalar?! 78.2 . Ulug’ xabar haqida. 78.3 . Qaysiki, u haqda ular (doimo) tortishuvchidirlar. 78.4 . Yo'q, (ularning gumonlari behudadir). Ular yaqinda (bu xabarning haq ekanini) bilib olajaklar. 78.5 . So'ngra, yana yo'q! Bilib olajaklar! 78.6 . Biz Yerni to'shak qilib qo'ymadikmi?! 78.7 . Tog'larni esa (Yerni tutib turuvchi) qoziqlar qilib qo'ymadikmi?! 78.8 . Biz sizlarni juft-juft qilib yaratdik. 78.9 . Uyqularingizni (badan va asablaringiz uchun) orom qildik. 78.10 . Kechani (barcha narsani yashirib turadigan) libos qildik.
|