INSON surasi76.1 . Aniqki, inson uzra qachondir tilga olgulik narsa bo'lmagan vaqt (muddat) kechgan. 76.2 . Darhaqiqat, Biz insonni imtihon qilib, (otalik va onalik suvlaridan) aralash bir nutfadan yaratdik. Bas, uni eshituvchi va ko'ruvchi qilib qo'ydik. 76.3 . Darhaqiqat, Biz uni (insonni) xoh u shukr qiluvchi (musulmon) bo'lsin va xoh noshukr (kofir) bo'lsin, yo'lga yo'lladik. 76.4 . Albatta, Biz kofirlar uchun zanjirlar, kishanlar va alanga (do'zax)ni tayyorlab qo'yganmiz. 76.5 . Albatta, yaxshilar (jannatda) mizoji kofur bo'lmish qadahdan (may) ichurlar. 76.6 . Allohning bandalari ichadigan (bu) chashmani (o'zlari xohlagan joydan) chiqarib (oqizib) olurlar. 76.7 . Ular (dunyoda o'z zimmalariga olgan) nazrlarini ado qilurlar va yomonligi (dahshatlari) keng yoyiluvchi Kundan qo'rqurlar. (imom Hasan va imom Husaynlar og`ir kasal bo`lib qolganlarida hz.Ali va hz.Fotima onamiz , agar xudo farzandimizga shifo bersa, 3 kun ro`za tutamiz deb nazr qilishgan edi, Xudoi mutaol shifo bergach, Hasan va Husaynlar ham ota-onalariga qo`shilib ro`za tutdilar. Iftorlik paytida bir miskin kelib tilanchilik qildi va hz. Ali oilasi iftorliklarini unga bervorishdi, shu tartibda keyingi kuni yetim , va undan keyin esa asir keladi. 3 kun iftorliklarini ehson qilgan bu oila haqida bu va keyingi oyatlar nozil bo`ldi). 76.8 . Taomni esa suyub tursalar-da, (o'zlari yemasdan) miskin, yetim va asirlarni yedirurlar. 76.9 . (Ular ayturlar): "Bizlar sizlarni faqat Alloh "yuzi" uchun taomlantirurmiz. Sizlardan (bu ish uchun) biror mukofot va minnatdorchilik kutmasmiz. 76.10 . Bizlar Rabbimiz (tomoni)dan bo'ladigan, (azobdan yuzlar) tirishib, burishib qoluvchi bir Kundan qo'rqurmiz".
|