NAJM surasi53.51 . Yana Samud (qabilasi)ni ham. Bas, (ulardan birortasini tirik) qoldirmadi. 53.52 . Yana U ilgari Nuh qavmini ham (halok qilgan edi). Chunki ularning o'zlari o'ta zolim va tug'yonga ketgan kimsalar edilar. 53.53 . Yana U zot ostin-ustin bo'lgan qishloqni (Lut qavmini) ham (halok etgan). 53.54 . Uni o'ragan narsa (yog'ilgan toshlar) bilan o'rab tashladi. 53.55 . Bas, (ey, inson,) Parvardigoringning qaysi ne'matlari haqida shubha qilursan?! 53.56 . Bu (Muhammad) ham avvalgi ogohlantiruvchilardan bir ogohlantiruvchidir. 53.57 . Yaqin bo'luvchi (Qiyomat) yaqin qoldi. 53.58 . Uning uchun Allohdan o'zga ochuvchi (biluvchi) yo'qdir. 53.59 . (Ey, mushriklar,) hali sizlar mana shu So'zdan (Qur'ondan) ajablanayapsizlarmi?! 53.60 . Yig'lamasdan, kulayapsizlarmi?! 53.61 . G'ofillik hollaringda-ya?! 53.62 . Bas, Allohga sajda va ibodat qilingizlar!
|