NAJM surasi53.1 . Botib ketayotgan yulduzga qasamki, 53.2 . sizlarning sohibingiz (ya'ni Muhammad) zalolatga ketgani ham yo'q, yo'ldan ozgani ham yo'q! 53.3 . (Qur'onni) o'z havosi (xohishi) bilan so'zlamas. 53.4 . U (Qur'on) faqat (Alloh tomonidan) vahiy qilinayotgan (tushirilayotgan) bir vahiydir. 53.5 . Unga (tilovatni) shiddatli quvvatga ega bo'lmish zot (Jabroil) ta'lim bermishdir. 53.6 . (U) iqtidorli (farishta)dir. Bas, u turdi. 53.7 . O'zi oliy ufqda edi. 53.8 . So'ngra yaqinlashib, pastladi. 53.9 . Bas, (Muhammadga) ikki kamon oralig'idek yoki (undan ham) yaqinroq bo'ldi. 53.10 . Bandasi (Muhammad)ga Alloh tushirgan vahiyni keltirdi.
|