NAJM surasi53.41 . So'ngra u to'la jazo (yoki mukofot) olur. 53.42 . Albatta, oxirgi manzil yolg'iz Rabbingiz oldiga (bormoqlik)dir. 53.43 . Albatta, kuldirgan ham, yig'latgan ham Uning O'zidir. 53.44 . Albatta, o'ldirgan ham, tiriltirgan ham Uning O'zidir. 53.45 . U erkak va ayol - juftlarni yaratgandir 53.46 . shitob chiqadigan nutfa (maniy)dan. 53.47 . Albatta, (o'lganidan so'ng) ikkinchi bor paydo qilish ham faqat Uning zimmasidadir. 53.48 . Albatta, boy qilgan ham, badavlat qilgan ham Uning O'zidir. 53.49 . Albatta, She'ro (yulduzi)ning Parvardigori ham Uning O'zidir. 53.50 . Haqiqatan, U avvalgi Od (qabilasi)ni halok etdi.
|