ZORIYOT surasi51.11 . Ular (jaholat) girdobida adashib yuruvchi kimsalardir. 51.12 . (Ular) jazo (qiyomat) kuni qachon bo'lishini so'rarlar. 51.13 . (U Kun) ular do'zaxda sinaladigan Kundir. 51.14 . (O'shanda ularga aytilur): "Sinovingizni totinglar! Sizlar (dunyodalik paytingizda) shoshtirgan narsa mana shudir!" 51.15 . Albatta, taqvodorlar jannatlar va buloqlar uzra bo'lurlar. 51.16 . Parvardigorlari ularga ato etgan narsalarni (mukofotlarni) olgan hollarida (bo'lurlar). Zero, ular bundan ilgari (dunyoda) ezgu ishlarni qiluvchi edilar. 51.17 . (Ular) tunning ozgina (qismidagina) uxlar edilar. 51.18 . Saharlarda ular (Allohdan) mag'firat so'rar edilar. 51.19 . Ularning mol-mulklarida soil va mahrum (muhtoj) kishilar uchun (ajratilgan) haq (ulush) bo'lar edi. 51.20 . (Ey, insonlar,) yerda ishonuvchilar uchun alomatlar bordir.
|