ZORIYOT surasi51.1 . Qasamyod etaman (bulutlarni) haydab yuruvchi (shamol)larga, 51.2 . yuk (yomg'ir) tashuvchi (bulut)larga, 51.3 . (suv yuzida) yengil suzuvchi (kema)larga 51.4 . va (Alloh buyurgan) ish(lar)ni taqsimlovchi (farishta)largaki, 51.5 . sizlarga va'da qilinayotgan narsa (qayta tirilish), shubhasiz, rostdir 51.6 . va albatta, (Qiyomat kunida hisob-kitob qilingandan keyin) jazo (va mukofot) ham voqe bo'luvchidir! 51.7 . (Yulduzlar harakat qiladigan) yo'llar egasi bo'lmish osmonga qasamki, 51.8 . albatta, sizlar (ushbu Payg'ambar xususida) qarama-qarshi so'z uzradirsizlar! 51.9 . Undan (Qur'ondan va Payg'ambardan) burilgan (baxtsiz) kimsa og'ib ketur. 51.10 . (O'sha) yolg'onchilarga o'lim!
|