ZORIYOT surasi51.31 . (Ibrohim) dedi: "Ey, elchilar, yumushlaringiz nedir?" 51.32 . Aytdilar: "Bizlar bir jinoyatchi qavmga (Lut qavmiga) yuborildik. 51.33 . Loy sopolidan qilingan toshni ular uzra yog'dirishimiz kerak. 51.34 . Parvardigoring nazdida haddan oshuvchi kimsalar uchun (har bir toshga) belgi qo'yilgan (nomlari yozib qo'yilgan)." 51.35 . Bas, Biz u joydagi mo''minlardan bo'lmish kishilarni chiqarib yubordik. 51.36 . U joyda bir xonadondan (Lut xonadonidan) o'zga musulmonlarni topmadik. 51.37 . Biz (kofirlarni halok qilganimizdan so'ng) alamli azobdan qo'rqadigan zotlar uchun u joyda alomat qoldirdik. 51.38 . Muso (qissasi)da ham (ibrat bordir). Eslang, Biz uni aniq hujjat bilan Fir'avn oldiga yuborgan edik. 51.39 . U o'z arkoni (davlati)ga suyanib, imon keltirishdan yuz o'girdi va: "(Muso) sehrgar yoki majnun", - dedi. 51.40 .Bas, Biz uni ham, qo'shinlarini ham ushlab, ularni dengizga otdik (g'arq qilib yubordik). U malomatga loyiqdir.
|