QOF surasi50.21 . Har bir jon o'zi bilan birga (uni mahsharga) haydovchi (bir farishta) va (amallariga) guvohlik beruvchi (ikkinchi farishta) bilan birga kelur. 50.22 . (Ey, inson,) sen bu (og'ir Kun)dan g'aflatda eding. Bas, Biz sendan pardangni ochib yubordik. Endi, bugun ko'zing o'tkirdir. 50.23 . Uning (kofirning) yaqini (bo'lgan farishta) deydi: "Mana bu (nomai a'mol) mening huzurimda (doimo) hozir bo'lgan narsadir". 50.24 . (Do'zax xodimlaridan ikki farishtaga aytilur): "Har bir noshukr, qaysarni jahannamga tashlangiz! 50.25 . Shuningdek, yaxshilikni man etuvchi, tajovuzkor va (Allohga) shak keltiruvchini hamki, 50.26 . u Alloh bilan boshqa "iloh"ni sherik qigan edi, uni qattiq azobga tashlangiz!" 50.27 . Uning yaqini (shayton): "Parvardigoro, uni men tug'yonga solganim yo'q, lekin uning o'zi (haq yo'ldan) yiroq zalolatda bo'ldi", - deydi. 50.28 . (Alloh) aytadi: "Mening dargohimda bahslashmanglar! Men ilgari sizlarga tahdid qilganman. 50.29 . Mening dargohimda (qilingan) so'z o'zgartirilmas va Men bandalarga zulm qiluvchi ham emasdirman". 50.30 . U Kunda Biz jahannamga "to'ldingmi?", - dermiz, u esa: "Yana qo'shimcha bormi?" - der.
|