QOF surasi50.11 . Bandalarga rizq bo'lsin uchun (shunday qildik). Yana u (suv) bilan "o'lik" shaharni (yerni) "tiriltirdik". (Qabrlardan tirilib) chiqish ham mana shunday bo'lur. 50.12 . Ulardan (Makka kofirlaridan) oldin Nuh qavmi, quduq egalari (Shuayb qavmi), Samud (qabilasi) inkor qilgan edilar. 50.13 . Shuningdek, Od(qabilasi), Fir'avn (qavmi), Lutning og'a-inilari, 50.14 . daraxtzor egalari (ya'ni,Shuayb qavmi) va Tubba' qavmi ham. (Ularning) barchalari payg'ambarlarni inkor etishgach, Mening va'dam (azobim ularga) muqarrar bo'ldi. 50.15 . Axir, Biz avvalgi yaratishga (yo'qdan bor qilishga) ojizlik qildikmi? Yo'q, ular esa yangi yaralishdan shubhadadirlar. 50.16 . Insonni (Biz) yaratganmiz, (demak,) uning nafsi vasvasa qiladigan (ko'nglidan o'tgan) narsalarni ham bilurmiz. Biz unga bo'yin tomiridan ham yaqinroqdirmiz. 50.17 . Zotan, o'ng va chap (tomon)da o'tirgan ikki (yozib turuvchi farishta) qabul qilib(yozib) tururlar. 50.18 . U biror so'zni talaffuz qilsa, albatta, uning oldida hoziru nozir bo'lgan bir kuzatuvchi (so'zni yozib oluvchi farishta) bordir. 50.19 . Mana o'lim mastligi (jon chiqish payti) haqiqatan (yetib) keldi. (Ey, inson,) bu (o'lim) sen undan qochuvchi bo'lgan narsadir. 50.20 . (Tasavvur qiling,) Sur ham chalindi. Bu (kofirlarga azob) va'da qilingan Kundir!
|