DUXON surasi44.51 . Albatta, taqvoli zotlar (U Kunda) osoyishta joyda - 44.52 . bog'lar va chashmalar ustida bo'lurlar. 44.53 . Ular bir-birlariga ro'baro' bo'lgan hollarida, qalin va yupqa shoyidan liboslar kiyurlar. 44.54 . Mana shunday! Yana, Biz ularni tiniq va keng ko'zli hurlarga uylantirurmiz. 44.55 . Ular u joyda xotirjam bo'lgan hollarida har turli mevani chorlagaylar. 44.56 . Ular (jannatda) birinchi (dunyodagi) o'limdan boshqa o'limni totmaslar. (Alloh) ularni do'zax azobidan saqlagandir. 44.57 . (Bu) Parvardigoringiz (tomoni)dan bo'lmish fazldir. Mana shu ulkan yutuqdir. 44.58 . Bas, (ey, Muhammad,) darhaqiqat, eslatma olishlari uchun Biz (bu Qur'onni) Sizning tilingiz bilan oson (yengil) qilib berdik. 44.59 . Bas, endi Siz (kofirlar holi ne kechishiga) ko'z tuting! Ular ham, albatta, (sizning halokatingizga) ko'z tutuvchidirlar.
|