DUXON surasi44.21 . Agar menga imon keltirmasangizlar, u holda mendan chetlaningizlar!" 44.22 . Bas, u Parvardigoriga: "Ular jinoyatchi qavmdir", - deb duo qildi. 44.23 . Bas, (Musoga vahiy bo'ldiki:) "Bandalarim (Isroil avlodi) bilan birga tunda yo'lga chiqqin! Albatta, sizlarning izingizga tushilur. 44.24 . Dengizni sokin qo'yavergin. Ular g'arq qilinuvchi qo'shindir". 44.25-26 . Ular qanchadan-qancha bog'larni, chashmalarni, ekinzorlarni va so'lim joylarni qoldirib (g'arq bo'lib) ketdilar. 44.25-26 . Ular qanchadan-qancha bog'larni, chashmalarni, ekinzorlarni va so'lim joylarni qoldirib (g'arq bo'lib) ketdilar. 44.27 . Yana (qanchadan-qancha) o'zlari bahramand bo'lgan ne'matlarni (qoldirib ketdilar). 44.28 . Mana shunday. Biz u (ne'matlar)ni boshqa qavmga meros qilib berdik. 44.29 . Bas, ularga osmon ham, Yer ham (aza tutib) "yig'lagani" yo'q va ularga (tavba qilish uchun) muhlat ham berilmadi. 44.30 . Darhaqiqat, Biz Isroil avlodiga xor qiluvchi azobdan najot berdik,
|