DUXON surasi



44.41 . U Kunda do'st do'stga biror narsada asqotmas va ularga yordam ham berilmas.

44.42 . Illo, Alloh rahmat qilgan kishilargagina (yordam berilur). Albatta, Uning O'zi qudratli va rahmlidir.

44.43 . Albatta, (do'zaxda o'sadigan) Zaqqum daraxti

44.44 . gunohkorning taomidir.

44.45 . (U) qorinlarda yog'dek qaynar

44.46 . qaynoq suvning qaynashidek.

44.47 . (Do'zax farishtalari:) "Uni (gunohkorni) ushlab do'zaxning o'rtasiga sudrab olib boringlar

44.48 . so'ngra boshidan qaynoq suv azobidan quyinglar!", - derlar.

44.49 . (Unga masxara sifatida: "Mana bu azobni) totib ko'rgin! Darhaqiqat, sen "aziz va mukarram"dirsan.

44.50 . Darvoqe, bu (azob) sizlar shubha qilib yurgan narsangizdir!" (deyilur)



back 1 2 3 4 5 6 next