FOTIR surasi35.31 . (Ey, Muhammad,) Biz Sizga vahiy qilgan Kitob (Јur'on) o'zidan avvalgi (ilohiy) kitoblarni tasdiqlovchi Haq (Kitob)dir. Albatta, Alloh O’z bandalaridan ogoh va (ishlarini) ko'rib turuvchidir. 35.32 . So'ngra Biz (bu) Kitobga bandalarimizdan O’zimiz tanlagan zotlarni (ummatingizni) voris qildik. Bas, ularning orasida (unga amal qilmay) o'z joniga jabr qiluvchi ham bor, ularning orasida o'rtacha amal qiluvchi ham bor va ularning orasida Allohning izni bilan mudom yaxshiliklarda o'zib ketuvchi ham bordir. Ana o'sha (Јur'onga voris bo'lish) katta fazldir. 35.33 . Ular mangu (yashaydigan) jannatlarga kirurlar va oltin bilakuzuklar va marjonlar bilan bezangan bo'lurlar. U joyda ularning liboslari harir - (ipak) bo'lur. 35.34 . (Jannatga kirgan chog'larida) deydilar: "Bizlardan qayg'uni ketkazgan zot – Allohga hamd (bo'lsin)! Darhaqiqat, Rabbimiz mag'firatli va shukr sohibidir. 35.35 . U O’z fazli bilan bizlarni mangu turadigan diyorga tushirdiki, bu joyda bizlarga na mashaqqat yetar va na charchoq yetar". 35.36 . Kofir bo'lgan kimsalarga esa jahannam o'ti bordirki, na ularga hukm qilinib, o'la olurlar va na ulardan (jahannam) azobi yengillatilur. O'ar bir kofirni mana shunday jazolarmiz. 35.37 . Ular u joyda: "Parvardigoro, bizlarni (azobdan) chiqargin, bizlar qilib o'tgan amallarimizdan boshqacha yaxshi (amallarni) qilurmiz", - deb faryod qilurlar. Axir, Biz sizlarga eslatma oladigan kishi eslatma olgudek uzun umr bermaganmidik?! Sizlarga ogohlantiruvchi (payg'ambar) ham kelgan edi-ku! Bas, endi (azoblaringizni) totaveringlar! Zolim kimsalar uchun yordamchi bo'lmas. 35.38 . Albatta, Alloh osmonlar va Yerning g'aybini (sirlarini) biluvchidir. Haqiqatan, U dillardagi bor narsani aniq biluvchidir. 35.39 . U sizlarni Yerda xalifa qilib qo'ygan zotdir. Bas, kim kofir bo'lsa, uning kufri faqat o'zining zarariga bo'lur. Kofir bo'lgan kimsalarning kufri ularga Parvardigor huzurida faqat g'azabnigina ziyoda qilur; kofir bo'lgan kimsalarning kufri ularga faqat ziyonnigina ziyoda qilur. 35.40 . (Ey, Muhammad, mushriklarga) ayting: "Xabar beringiz-chi, sizlar Allohni qo'yib iltijo qilayotgan (but)laringiz, menga ko'rsatib beringiz-chi, ular yerdagi biror narsani yaratganmilar yoki ularning osmonlar(ni yaratish)da sherikliklari bormi yoxud Biz ularga biror kitob ato etdikmiki, ular undan hujjatlarni topsalar?!" Yo'q! Zolimlar bir-biriga faqat aldovni va'da qilurlar. 35.41 . Albatta, Alloh osmonlar va Yerni zavol topishlaridan saqlab turar. Agar zavolga yuz tutsalar, U zotdan so'ng (Undan o'zga) hech kim ularni saqlay olmas. Darhaqiqat, U halim va mag'firatli zotdir. 35.42 . (Makka kofirlari) agar ularga biror ogohlantiruvchi (payg'ambar) kelsa, albatta, (unga ergashib) har qanday ummatlardan ham hidoyat topuvchiroq bo'lishlari haqida jon-jahdlari bilan qasam ichgandilar. Bas, ularga ogohlantiruvchi (payg'ambar) kelgach, (bu) ularni yanada (hidoyatdan) uzoqlashtirdi. 35.43 . Yerda mutakabbirlik qilgan va (payg'ambarga qarshi) yomon makr qilgan hollarida. Yomon makr esa, faqat o'z egalarini o'rab olur (halok qilur). Bas, ular faqat avvalgilarning yo'llariga (jazolariga) ko'z tutmoqdalar. Bas, Allohning sunnati (qonuni)ga sira o'zgartirish topmassiz va Allohning sunnatiga sira almashtirish topmassiz. 35.44 . Axir, ular Yerda sayr qilib, o'zlaridan oldingi (dinsizlarning) oqibati qanday bo'lganini ko'rmaydilarmi?! Holbuki, (ular) bulardan ko'ra quvvatliroq edilar. Na osmonlarda va na Yerda Allohni ojiz qoldiruvchi narsa yo'qdir. Zotan, U bilim va qudrat egasidir. 35.45 . Agar Alloh odamlarni ular qilgan gunohlari bilan jazolasa edi, (Yer) ustida biror jonivorni qo'ymagan bo'lur edi. Lekin, U ularni (jazolashni) belgilangan muddatgacha (qiyomat kunigacha) kechiktirur. Bas, o'sha muddat kelgach esa... albatta, Alloh bandalarini ko'rib turuvchi zotdir.
|