FOTIR surasi35.21 . Soya (jannat) bilan jazirama (do'zax) ham (barobar bo'lmas). 35.22 . Tiriklar (mo'minlar) bilan o'liklar (kofirlar) ham barobar bo'lmas. Albatta, Alloh O’zi xohlagan kishilarga (quloqlariga) eshittirur. (Ey, Muhammad,) Siz qabrlardagi kimsalarga (qalbi o'liklarga) eshittira oluvchi emasdirsiz. 35.23 . Siz faqat ogohlantiruvchidirsiz. 35.24 . Albatta, Biz Sizni haq (din) bilan, xush xabar beruvchi va ogohlantiruvchi qilib yubordik. Har bir ummat ichida ham, albatta, bir ogohlantiruvchi (payg'ambar) o'tgandir. 35.25 . Agar (mushriklar) Sizni inkor etsalar, bas, (bilingki), ulardan avvalgilar ham (payg'ambarlarni) inkor etganlar. Holbuki, payg'ambarlari ularga aniq mo''jizalar, (ilohiy) sahifalar va nurafshon Kitob keltirgan edilar. 35.26 . So'ngra kofir bo'lganlarni (kufrlari sababli) ushladim (jazoladim). Bas, Mening inkorim (azobim) qanday bo'ldi?! 35.27 . Alloh osmondan suv (yomg'ir-qor) yog'dirib, u bilan ranglari turli bo'lgan mevalarni chiqarganimizni ko'rmadingizmi?! Yana tog'larning oq, qizil, rangbarang yo'l(lisi) ham, tim qorasi ham bordir. 35.28 . Shuningdek, odamlar, jonivorlar va chorva hayvonlari orasida ham turli ranglilari bordir. Allohdan bandalari orasida ulamolargina qo'rqurlar. Haqiqatan, Alloh qudratli va mag'firatlidir. 35.29 . Allohning Kitobini tilovat qiladigan, namozni mukammal ado etadigan va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan maxfiy va oshkora ehson qiladigan zotlar sira kasod bo'lmaydigan tijoratdan (mukofot bo'lishidan) umidvordirlar. 35.30 . Zero, (Alloh) ularning ajrlarini komil qilib berur va O’z fazlini ularga yanada ziyoda qilur. Albatta, U mag'firatli va o'ta shukr qiluvchidir. Izoh: Allohning shukri shuki, ozgina savobli ish uchun ko'pgina mukofot ato etaveradi. Uning Shokir, Shakur, Karim kabi ismlarida ham shu mazmun mujassamdir.
|