SABA surasi34.41 . (farishtalar): "Pok Parvardigor, ular emas, O’zing bizlarning do'stimizdirsan. Ha, ular jinlarga ibodat qilar edilar. Ularning aksariyati ularga imon keltiruvchidirlar", - derlar. 34.42 . Bas, bu kunda biringiz biringizga na foyda va na zarar yetkazishga ega bo'lmas va Biz, zolim bo'lganlarga: "O’zlaringiz yolg'on degan do'zax azobini totib ko'ringiz", - dermiz. 34.43 . Qachonki, ularga Bizning oyatlarimiz aniq holda tilovat qilinsa, ular: "Bu (Muhammad) faqat sizlarni ota-bobolaringiz ibodat qilib o'tgan narsalardan to'smoqchi bo'lgan kimsadir", - derlar va "Bu (Qur'on) faqat to'qilgan bir bo'htondir", - derlar. Kofir bo'lganlar ularga Haqiqat (Qur'on) kelgan vaqtda u haqda: "Bu aniq sehrdan boshqa narsa emas", - degaylar. 34.44 . Holbuki, (Isodan keyin) Biz ularga (o'qib) o'rganishadigan kitoblar keltirgan emasmiz va ularga Sizdan avval biror ogohlantiruvchi (payg'ambar) ham yuborgan emasmiz. 34.45 . Ulardan ilgari (o'tgan) kimsalar ham (o'z payg'ambarlarini) inkor etgan edilar Holbuki, (Makka mushriklari) Biz ularga ato etgan ne'matlarning o'ndan biriga ham yetganlari yo'q. Bas, (o'shalar) Mening payg'ambarlarimni inkor etishgach, Mening e'tirozim qanday bo'lgan edi?! 34.46 . (Ey, Muhammad, mushriklarga) ayting: "Men sizlarga faqat birgina narsani - Alloh uchun juft holda va yakka holingizda turishga, so'ngra tafakkur qilishingizni nasihat qilurman. Sohibingiz (Muhammad)da hech qanday jinnilik yo'qdir. U faqat qattiq azob oldidan sizlarga (yuborilgan) bir ogohlantiruvchi(payg'ambardir), xolos". 34.47 . Ayting: "Men sizlardan (payg'ambarligim uchun) ajr (haq) so'ramasman. Bas, u sizlarga bo'la qolsin. Mening ajrim faqat Allohning zimmasidadir. U barcha narsaga guvohdir". 34.48 . Ayting: "Albatta, Rabbim (botillikni) Haq (Qur'on vositasi) bilan (chetga) uloqtirur. U g'ayblarni aniq biluvchidir". 34.49 . Ayting: "Haq (Qur'on) keldi. Botil (yangidan shirkni va dinsizlikni) boshlay olmas va qaytara olmas". 34.50 . Ayting: "Agar men (yo'ldan) ozsam, bas, faqat o'z zararimga ozurman va agar hidoyat topsam ham Rabbim menga qilayotgan vahiy sababliginadir. Albatta, U eshituvchi va yaqindir" 34.51 . (Ey, Muhammad,) agar Siz (mushrik va kofirlarni) dahshatga tushgan, yo'qolishning iloji yo'q va yaqin bir makondan (do'zax sari) tutib ketilgan paytlarida ko'rsangiz edi! 34.52 . (O’sha kunda) ular: "Imon keltirdik", - deydilar. Yiroq bir joydan (tavbaga) erishish qayoqda ekan ularga?! 34.53 . Holbuki, ular ilgari (dunyoda) unga kofir bo'lgan edilar! Holbuki, ular yiroqdan turib, g'aybga (oxiratga tosh) otar edilar. 34.54 . (Mana endi,) xuddi ulardan oldingi hamfikrlariga qilingani kabi, ular bilan istaydigan narsalari (imon) o'rtasi to'sib qo'yildi, zero, ular (dunyoda) shak-shubhada edilar.
|