SABA surasi34.31 . Kofir bo'lgan kimsalar: "Bizlar bu Qur'onga ham, undan oldingi (Kitoblarga) ham sira imon keltirmaymiz!" - dedilar. (Ey, Muhammad,) agar Siz o'sha zolim kimsalarni (qiyomat kuni) Parvardigor huzurida tik turgizib qo'yilib, bir-birlariga gap qaytarayotganlarini ko'rsangiz edi?! (O’shanda) zaif sanalgan kimsalar mutakabbir kimsalarga (o'z peshvolariga): "Agar sizlar bo'lmaganingizda, bizlar, albatta, mo’minlar bo'lur edik", - deydilar. 34.32 . Mutakabbir bo'lganlar zaif sanalganlarga: "Sizlarga hidoyat kelganidan so'ng, sizlarni (undan) biz to'sdikmi? Yo'q, o'zlaringiz jinoyat qiluvchi edingizlar", - derlar. 34.33 . Zaif sanalganlar mutakabbir bo'lganlarga: "Yo'q, kecha va kunduzgi makr(laringizchi)?! O’shanda sizlar bizlarni Allohga kofir bo'lishga va Unga "teng sheriklar" qilishga buyurar edingizlar", - deydilar. Azobni (o'z ko'zlari bilan) ko'rgan vaqtlarida ular ichlarida nadomat qiladilar va Biz kofir bo'lgan kimsalarning bo'yinlariga kishanlar solurmiz. Ularga (dunyoda) qilib o'tgan qilmishlaridan o'zga jazo berilarmidi?! 34.34 . Biz qaysi bir qishloqqa biror ogohlantiruvchi (payg'ambar) yubormaylik, albatta, u joyning maishatparastlari: "Biz sizlar elchi qilib yuborilgan (din)ga kofirmiz!" - dedilar. 34.35 . Yana ular: "Bizlarning mollarimiz va farzandlarimiz ko'proq, (binobarin), bizlar azoblanuvchi emasmiz", - dedilar. 34.36 . (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Albatta, Rabbim O’zi xohlaganlarning rizqini keng qilur va (O’zi xohlaganlarning rizqini) tang qilur. Lekin, ko'p odamlar (buni) bilmaslar". 34.37 . Na mollaringiz va na farzandlaringiz sizlarni Bizning dargohimizga yaqin qiluvchi emasdir. Faqat imon keltirgan va solih amal qilgan zotlar - aynan o'shalargagina qilgan amallari sababli necha barobar mukofot bordir va ular (jannatdagi) ko'shklarda osoyishtalikda bo'lurlar. 34.38 . Bizning oyatlarimizga (qarshi) kurashish harakatida yuradigan kimsalar - ular azobga hozir qilinuvchidirlar. 34.39 . Ayting: "Albatta, Rabbim bandalaridan O’zi xohlaganiga rizqni keng qilur va (O’zi xohlaganiga rizqni) tang qilur. Biror narsani ehson qilsangizlar, bas, (Alloh) uning o'rnini to'ldirur. U rizqlantiruvchilarning yaxshisidir". 34.40 . (Eslang, Alloh) ularning (mushriklarning) barchalarini to'plab, so'ngra farishtalarga: "Ana u (mushrik)lar sizlarga ibodat qiluvchi bo'lganmidilar?" - deydigan kunda
|