LUQMON surasi



31.21 . Qachonki, ularga: "Alloh nozil etgan narsaga ergashinglar!",- deyilsa, ular: "Yo'q, bizlar ota-bobolarimizni ne uzra topgan bo'lsak, (ana o'shanga) ergashurmiz", - deyishadi. Bordiyu, shayton ularni o't azobiga chaqirib turgan bo'lsa-chi?!

31.22 . Kimki chiroyli amal qiluvchi bo'lgan holida o'zini Allohga topshirsa, bas, u mustahkam tutqichni ushlabdi. Barcha ishlar oqibati faqat Allohga (borur)!

31.23 . Kimki kofir bo'lsa, bas, Sizni, (ey, Muhammad,) uning kufri g'amga solmasin. Bizga qaytajaklar, bas, Biz ularga qilgan amallarining xabarini berurmiz. Zero, Alloh dillardagi sirlarni biluvchidir.

31.24 . Biz ularni (bu dunyoda) ozgina (muddat) foydalantirib, so'ngra qattiq azob (tortish)ga majbur qilurmiz.

31.25 . Qasamki, agar ulardan: "Osmonlar va Yerni kim yaratgan?" - deb so'rasangiz, albatta, "Alloh", - derlar. Siz "Allohga hamd!" - deng. Yo'q, ularning aksariyati (haqiqatni) bilmaslar.

31.26 . Osmonlar va Yerdagi (bor) narsalar Allohnikidir. Albatta, Alloh behojat va hamdga loyiq zotdir.

31.27 . Agar yer yuzidagi (bor) daraxt qalamlar bo'lib, dengiz (siyoh bo'lsa va) undan so'ng yana yetti dengiz unga yordam bersa, Allohning so'zlari tugamas. Albatta, Alloh qudrat va hikmat egasidir.

31.28 . (Ey, insonlar,) sizlarni yaratish ham, qayta tiriltirish ham xuddi bir jonni (yaratish va qayta tiriltirishning) o'zginasidir (osondir). Albatta, Alloh eshituvchi va ko'ruvchidir.

31.29 . Alloh kechani kunduzga kiritishini, kunduzni kechaga kiritishini hamda quyosh va oyning har birini belgilangan muddatgacha joriy bo'ladigan qilib bo'yin sundirib qo'yganini va Allohning qilayotgan amallaringizdan ogoh ekanini ko'rmadingizmi?!

31.30 . Bunga Allohning O'zigina Haq (iloh) ekani, ular (mushriklar) Uni qo'yib iltijo qilayotgan (butlar)i esa botil narsa ekani va Allohning O'zigina eng yuksak va oliy zot ekani sababdir.

31.31 . Sizlarga Allohning mo''jizalaridan ko'rsatish uchun kemalar Uning marhamati bilan dengizda (suzib) yurganini ko'rmadingizmi?! Albatta, bunda barcha (qiyinchiliklarga) sabr qiluvchi va (ne'matlarga) shukr qiluvchilar uchun alomatlar bordir.

31.32 . Qachonki, (kofirlarni) tog'lardek to'lqin(lar) o'rab olsa, ular chin ixlos bilan Allohga duo iltijo qilurlar. Bas, qachonki, (Alloh) ularga najot berib, quruqlikka (chiqarsa), u holda ulardan (ayrimlarigina) to'g'ri yo'l tutuvchidir. Oyatlarimizni faqat barcha xoin va noshukr kimsalargina inkor qilurlar.

31.33 . Ey, insonlar, Parvardigoringizdan qo'rqingiz va yana shunday bir Kundan qo'rqingizkim, (u kunda) biror ota o'z bolasi tomonidan (gunohni) o'ta olmas va bola ham otasi tomonidan biror narsani o'ta oluvchi bo'lmas. Albatta, Allohning va'dasi haqdir. Bas, sizlarni dunyo hayoti sira aldab qo'ymasin va sizlarni aldamchi (shayton) Alloh (kechaveradi, degan aldov) bilan aldab qo'ymasin!

31.34 . Darhaqiqat, Allohning huzuridagina qiyomat (qachon bo'lishi to'g'risida) bilim bordir. U (xohlagancha) yomg'ir yog'dirur va bachadonlardagi narsa (homila)ni bilur. Biror jon ertaga nima ish qilishini bilmas. Biror jon qayerda o'lishini bilmas. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor zotdir.



back 1 2 3