LUQMON surasi31.11 . Bular Alloh yaratgan narsalardir. Endi, (ey, mushriklar,) sizlar Menga Undan o'zgalar nimalarni yaratganini ko'rsatinglar-chi! Yo'q, u zolimlar aniq zalolatdadirlar! 31.12 . Biz Luqmonga hikmat ato etdik (va unga dedik): "Allohga shukr qilgin! Kimki shukr qilsa, faqat o'zi uchun shukr qilur. Kimki noshukrlik qilsa, bas, albatta, Alloh behojat va hamd egasidir". 31.13 . Eslang, Luqmon o'g'liga nasihat qilib, degan edi: "Ey, o'g'ilcham, Allohga shirk keltirmagin! Chunki, shirk ulkan zulmdir". 31.14 . Biz insonga ota-onasini (rozi qilishni) amr etdik. Onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan (qornida) ko'tarib yurdi. Uni (ko'krakdan) ajratish (muddati) ikki yilda (bitar). (Biz insonga buyurdikki,) "Sen Menga va ota-onangga shukr qilgin! Qaytishlik Mening huzurimgadir!" 31.15 . Agar ular (ya'ni ota-onang) seni o'zing bilmagan narsalarni Menga sherik qilishga zo'rlasalar, u holda ularga itoat etma! Ularga (garchi kofir bo'lsalar-da,) dunyoda yaxshi muomalada bo'lgin va o'zing Menga tavba qilgan kishilarning yo'liga ergashgin! So'ngra (ya'ni, qiyomat kunida) qaytishlik Mening huzurimgadir, bas, sizlarga qilib o'tgan amallaringizning xabarini berurman". 31.16 . (Luqmon dedi): "Ey, o'g'ilcham, shubha yo'qki, agar xantal (o'simligining) urug'idek (yaxshi yoki yomon amal qilinadigan) bo'lsa, bas, u (amal) biroq xarsang tosh ichida yo osmonlarda yoki yer ostida bo'lsa, o'shani ham Alloh keltirur. Zero, Alloh lutfli va ogoh zotdir. 31.17 . Ey, o'g'ilcham, namozni mukammal ado et, yaxshilikka buyur va yomonlikdan qaytar hamda o'zingga yetgan (balolar)ga sabr qil! Albatta, mana shu ishlarning puxtasidandir. 31.18 . Odamlarga (kibrlanib) yuzingni burishtirmagin va yerda kerilib yurmagin. Chunki, Alloh barcha kibrli, maqtanchoq kimsalarni suymas. 31.19 . (Yurganingda) o'rta hol yurgin va ovozingni past qilgin. Chunki, ovozlarning eng yoqimsizi eshaklar ovozidir". 31.20 . (Ey, insonlar,) Alloh osmonlar va Yerdagi barcha narsalarni sizlarga bo'yin sundirib qo'yganini va sizlarga barcha zohiriy va botiniy (moddiy va ma'naviy) ne'matlarini komil berganini ko'rmadinglarmi?! Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular o'zlari bilmagan, hidoyat topmagan va aniq kitob (hujjat)ga ega bo'lmagan hollarida Alloh xususida munozara qilurlar.
|