LUQMON surasi



31.1 . Alif, Lom, Mim.

31.2 . Ushbular hikmatli Kitob oyatlaridir,

31.3 . Ezgu amal qiluvchilar uchun hidoyat va rahmat (manbai ekani) jihatidan.

31.4 . Qaysiki, ular namozni to'kis ado etadilar, zakotni (o'z joyiga) beradilar va oxiratga aniq ishonadilar.

31.5 . Parvardigorlari (tarafi)dan hidoyat topganlar ana o'shalardir va najot topuvchilar ham o'shalarning o'zidir.

31.6 . Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular bilimsizlik bilan (o'zgalarni) Alloh yo'lidan ozdirish uchun va u (yo'lni) masxara qilish uchun behuda so'z(lar)ni sotib olurlar. Ana o'shalar uchun xor qiluvchi azob bordir.

31.7 . Qachonki, unga oyatlarimiz tilovat qilinsa, go'yo ularni eshitmagandek, go'yo quloqlarida og'irlik (karlik) bordek, kibru havo bilan yuz o'girib ketur. Bas, unga alamli azob haqida "xushxabar" berib qo'ying!

31.8 . Albatta, imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar uchun ne'mat bog'lari bordir,

31.9 . u joyda mangu qolurlar. (Bu) Allohning haq va'dasidir. U qudrat va hikmat egasidir.

31.10 . Ko'rayapsizki, osmonlarni ustunlarsiz yaratib, sizlarni tebratmasligi uchun yerda tog'larni barpo qildi va unda har turli jondor(lar)ni tarqatib qo'ydi. Yana Biz osmondan suv (yomg'ir) yog'dirib, (yerda) turli saxovatli (o'simliklarni) undirib qo'ydik.



1 2 3 next