ANFOL surasi8.21 .O'zlari eshitmasalarda, "Eshitdik" deydiganlardan bo'lmangiz! 8.22 . Allohning nazdida hayvonlarning eng yomoni bu aqlni ishlatmaydigan "kar" va "soqov"lardir. 8.23 . Agar Alloh ularda yaxshilik (bo'lishi)ni bilsa edi, ularni eshitadigan qilib qo'yar edi. Eshitadigan qilganda ham (ular) bosh tortib, yuz o'girgan bo'lar edilar. 8.24 . Ey, imon keltirganlar! Sizlarni tiriltiruvchi narsa (ilm olish) uchun chorlaganlarida, Allohga va Rasulga (labbay deb) javob qilingizlar! Yana bilib qo'yingizki, Alloh inson bilan uning dili (o'rtasi)da "parda"ni bo'lib turadi va Uning (huzuriga) jam bo'lursizlar. 8.25 . Sizlardan faqat zolimlargagina xos bo'lmagan (balki hammalaringizga ommaviy bo'ladigan) fitna (azob)dan saqlaningiz va bilib qo'yingizki, Alloh jazosi qattiq (zot)dir. 8.26 .Yana, sizlar Yerda (Makkada) ozchilik va zaiflashgan holingizda, odamlar (mushriklar) sizlarni talon-taroj qilib ketishlaridan qo'rqib turganingizda, sizlarga (Madinadan) joy berib, yordami bilan sizlarni quvvatlagani va shukr qilarsizlar, deb pokiza (ne'mat)lar bilan rizqlantirganini eslangizlar! 8.27 . Ey, imon keltirganlar! Allohga va Rasulga (buyruqlariga) xiyonat qilmangiz va (bir-biringizdagi qo'ygan) omonatlaringizga (ham) bilib turib xiyonat qilmangiz! 8.28 . Bilib qo'yingizki, albatta, mol-mulklaringiz va farzandlaringiz fitna (gunoh, azob va mashaqqat manbai)dir. Allohning huzurida (esa) ulkan mukofot (bordir). 8.29 . Ey, imon keltirganlar! Agar Allohdan qo'rqsangiz, Sizlar uchun (haq bilan nohaqlikni) ajrim etuvchi (yordam)ni berur va gunohlaringdan o'tib, sizlarni mag'firat qilur. Alloh ulkan fazl sohibidir. 8.30 .Kofir bo'lganlarning Sizni asir olish yo o'ldirish yoki (yurtdan) chiqarib yuborish uchun makr qilganlarini eslang! (Ular) makr qiladilar, Alloh (ham) "makr" qiladi*. Alloh makr qiluvchilarning yaxshisidir.
|