SIGARET CHEKISHIM MUMKINMI?



Rasululloh (saov) aytganlar: Ummatimning hammasi avf etilgusidir, illo oshkoro gunoh qiluvchilar avf qilinmaydilar.

Kashanda oshkor gunoh qiluvchilar turkumiga kirib kechirilmasligi mumkin.

Rasululloh (saov) aytganlaridek, Kim biron qavmga o’zini o’xshatsa ushalardandir.

Sigaret chekish mustamlaka asorati va islomga yot odatdir.

Hazrat Rasululloh (saov) bunday degan edilar: To’rt narsa haqida albatta so’ralasizlar. Biri- umrni nima bilan o’kazgaligi, ikkinchisi – badanini qaysi yo’lda qanday ishlatganligi, uchinchisi – boyliklarini qanday topib uni nimaga sarf etgaligi va olgan ilmini qanday sarf etganligi haqidagi savollardir.

Kashanda umrini sigaret chekish bilan o’tkazadi, chelishning haromligini biladi, lekin ilmiga amal qilmaydi, boyligini sigaret sotib olish uchun ishlatadi, jasadini esa, Alloh bergan bu ne’matini asramaydi va halokatga yetaklaydi.

Chekish Allohning ibodatlaridan biri – ro’za tutishdan to’sadi. Ro’za tutish kashanda uchun eng og’ir ibodatlardan hisoblanadi. Kashandalar hadeb jamoat namozlarida qatnashmaydilar, masjidga chiqsalar ham avval to’yib – to’yib sigaretni tortib oladilarda keyin masjidga kiradilar (masjidga kirishdan oldin xushbo’ylaning, degan sunnatga xilof ravishda tutun hidi taratib masjidga kiradilar).

Shariatning asl qonun-qoidalari chekishning harom ekanligini tasdiqlaydi. Bu qoidalar quyidagilardan iboratdir:

-   O’ziga ham boshqalarga ham zarar tekkizmaslik;

-   Foydali narsalar ruxsat etilganligi va zararli narsalar ta’qiqlanganligi qonunidir;

-   Fasodlarning oldini olish – manfaat keltirishdan muqaddamdir;

-   Asos- gunohlarning oldini to’sishdir; shuning uchun halo va yo harpomligiga shubha qilingan narsalardan chetlanish kerakdir.

-   Yuqorida aytilganlardan keyin ham sigaretning haromligiga shubha bilan qaraydiganlarga qaratib shunday deymiz. Sigaret islom olamiga kirib kelgan ilk davrlarda ulamolar uning qanday narsa ekanligi mast qiluvchi xususiyatlari bormi yo’qmi yaxshi bilmas edilar, shuning uchun uni harom deb fatvo berishda ixtilofga brogan edilar. Ammo bugunga kelib, tamaki chekishning  zarari haqida hamma biladi va uning harom ekanligiga hech shubha yo’qdir. Shuncha gapdan keyin ham bu haqda shubhalanayotgan birodarlarimizga qaratib shuni aytamizki, to’grisini aytingchi,  sigaret chekish muboh amal bo’lsa, nima uchun uni masjid yoki boshqa muqaddas makonlarda chekishga jur’at etmaysiz va hojatxona, hammom, fasod yerlarida chekishni afzal ko’rasiz? Yoki nama uchun chekishni “Bismilloh” bilan boshlab “Alhamdulilloh” bilan tugatmaysiz?

Bizningcha keltirilgan dalillar yetarli bo’lsa kerak, agar siz chekuvchi odam bo’lsangiz qo’llaringizni yuqoriga ko’tarib Allohdan madad so’rang, O’zi yordam bersin va siz bu qabih odatni tark eting. Albatta bu ishda sizdan azmu-irada talab qilinadi. Irodali bo’ling, birodar, o’zingizni halokat o’chog’iga tashlamang. Sizga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!



back 1 2 3 4