SIGARET CHEKISHIM MUMKINMI?



Insonning soglig’iga zara bo’lgan har narsa harom hisoblanadi. Shuning uchun   ba’zan halol narsalar ham ba’zi odamlar uchun harom qilingandir. Masalan, ro’za tutish ibodat hisoblanib har bir balog’atga yetgan sog’ musulmonga farzdir. Ammo agar ro’za tutish sog’lig’I uchun zarar bo’ladigan bo’lsa, ro’za tutishlik HAROM (!) hisoblanadi.

Endi o’zingiz insof bilan aytingchi umuman foydasi bo’lmagan, turgan bitgani zarar hisoblangan sigaret qanday qilib shariatda halol bo’lishi mumkin?!

Rasuli akram (saov) bunday deb marhamat qilgan edilar: Zahar ichib o’zini o’ldirgan odamning boradigan yeri – jahannamdir!

Chekish bu zahar ichish bilan barobar bo’lgan ishdir. Bunda tez o’ladimi sekin o’ladimi, farqi yo’q.  chunki natija bir xil – va u halokatdir. To’g’ri sigaret chekish to’gridan to’gri o’limga olib kelmaydi, lekin organizmni zaiflashtirishga olib kelishi aniqdir. Lekin bo’shashtiruvchi har qanday narsalardan ham rasululloh (saov) qaytarganliklari haqida hadislar bor.  Mast qiluvchi har qanday narsa haromligini hammamiz yaxshi bilamiz. Sigareta ham mastlik keltirish kuchiga ega ekanligi isbotlangandir. Buni ayniqsa Ramazon oyida ro’za tutib og’iz ochganda chekkan odam yaxshi his etadi. Mast qiladigan narsa esa oz bo’ladimi ko’pmi, oz mast qiladimi ko’pmi farqi yo’qdir.

Rasululloh (saov) sarimsoq va piyoz yegan odamlar masjidga yaqinlashmasin-deb marhamat qilgan edilar. Kashandaning og’zidan keladigan tamaki hidi esa sarimsoq va piyoznikidan yomon bo’lsa yomondir, ammo yaxshiroq emas. Masjidga kirishdan oldin xushbo’ylanish mustahab va sunnat amallaridandir. Kashanda esa o’zidan sigaretning badbo’ hidini taratish bilan ovora.

Rasululloh (saov) aytganlaridek:

Solih va yomon suhbatdosh bilan o’tirish ning misoli mushk sotuvchi va boskonga dam uruvchi kishilarning misoliga o’xshaydi.

Sigaret chekuvchi odam olov va tutun purkaydigan yomon suhbatdoshdir.

Rasululloh (saov) aytganlar: Musulmon – musulmonlar uning tili va qo’lidan salomat bo’lgan kishilardir.

Kashanda o’zining badbo’ hidi bilan ayoli, bola-chaqasi, qo’ni-qo’shnisi, farishtalarga ozor beradigan odamdir.



back 1 2 3 4 next