Hadis11. Luqmon Hakim deydi: Farzandim, oz gapirgin, hamisha gaplaringda Xudoni zikr qil. Zero u seni doim ogohlantirib turar, seni ogoh va ko`rguvchi yaratgandir. 12. Amiral mo`minin Ali (a.s) imom Hasan (a.s)ga qrata shunday nasihat qilgan edi: Senga hoh oshkor ishlarda bo`lsin va hoh pinhon Xudodan qo`rqishingni vasiyat qilaman . 13. Imom Sodiq (a.s) aytadi: Farzandim, kimki yomonodam bilan do`stlashsa, uning sharridan omon qololmas. 14. Hazrat Rasululloh (S.A.O.V) bunday marhamat qildilar: farzandning otasida quyidagi uch haqqi border: birinchisi – yaxshi ism qo`yishi, ikkinchisi – yozishni o`rgatishi, uchinchisi esa – balog`atga yetganida uylantirib qo`yishidir. 15. Rasululloh (S.A.O.V) bunday degan edilar: Kimning to`rt farzandi bo`la turib birontasiga ham mening ismimni qo`ymagan bo`lsa menga jafo qilibdi. 16. Alloh Taolo aytadi: Qo`ldan bergan narsalaringiz uchun afsuslanmang, shuningdek Xudo sizga bergan narsalaridan mag`rurlanmangiz. 17. Hazrat Ali aytgan edilar: Faqirlarning ziynati – pokdomonlik, boylarning ziynati esa – shukur qilishdir. 18. Hazrat Ali (a.s) aytadi: O`lim sizlaga soyalaringizdan ko`ra yaqinroqdir. DARHAQIQAT ALLOH VA UNING MALOIKALARI PAYG`AMBARGA SALOVAT AYTURLAR. EY IYMON KELTIRGANLAR, SIZLAR HAM PAYG`AMBARINGIZGA SALOVAT AYTING VA UNGA ITOAT ETING ! Allohumma solli alo muhammad va oli muhammad
|