Hadis



1. Amiral mo`minin Ali (a.s) aytadi:  Biron lasalni yo`qlagani ketayotgan odamning yo`lda ajali yetsa u odam jannatiydir.

2. Amiral mo`minin Ali (a.s) aytadi:  Jum`a namoziga ketayotib o`lgan odam jannatiydir.

3. Rasululloh (S.A.O.V) aytdilar: Kimki Alini uning o`limidan keyin ziyorat qilsa  jannatiy bo`lsin.

4. Imom Sodiq (a.s) aytadilar:  g`azablanmaydiganlar  va  hasad qilmaydiganlar – jannatiydirlar.

5. Hazrat Ali (a.s) aytadilar: O`z fursatini qo`ldan chiqarish – ahmoqlik va nodonlikdan dalolat beradi.

6. Alloh Taolo o`z Kitobida shunday deydi:  Qaysi bandam robbim _alloh desayu shu gapida mahkam tursa, unga farishtalar nozil bo`lishadi.

7. Imom  Rizo (a.s) aytgan edilar:  hamisha hamma ishingdan oldin namozingni g`amini yegin.

8. Hazrat Rasululloh (S.A.O.V) bunday deb marhamat qilgan edilar:  Farzandlaringizni uch narsaga o`rgatingizlar: birinchisi – Payg`ambaringizga ishq-muhabbatli bo`lsinlar, ikkinchisi – uning Ahli Baytiga muhabbatli bo`lsinlar, uchunchisi esa -Qur`on tilovatini o`rgansinlar.  Zero Qur`onni ko`tarib yuruvchilar (yodlaganlar demoqchilar) hamisha Allohning panohidadirlar. Hech soya bo`lmaydigan Qiyomat kunida Qur`on hofizlari Xudovandning soyasida bo`ladilar.

9. Abu Basir hazrat imom Kozim (a.s)dan, ul zot esa otalari imom Sodiqdan naql qiladilar: Farzandlarim ! kimki namozga yengil qaraydigan bo`lsa hargiz shafoatimizga noil bo`lmas !

10. Hazrat amiral mo`minin Ali (a.s)  aytadi: Alloh, Alloh, namoz , namozga qanchalik e`tibor berishini bilsangizlar edi. Axir u – amallarning eng yaxshisi  va diningizning ustunidir.



back 1 2 3 4 next