Hadis



1- Hazrat Rasuli akram (S.A.O.V) bunday vasiyat qildgan edilar:

“Ey xaloiq, men ham sizlar kabi bir oddiy insonman, Allohning elchisining menga yuborilishiga oz fursat qoldi ...

(o`lim farishtasini nazarda tutgan edilar) va men uning da`vatini qabul qilgayman. Men sizlarning orangizga ikkita qimmatbaho narsani tashlab ketyapman: biri  hidoyat va nur hisoblanmishAllohning kitobi, uni mahkam tutinglar, so`ng kitobga amal qilish kerakligi haqida ta`kidladilar, suhbatlarining davomida bunday dedilar:

“va ikkinchi sizlarga tashlab ketayotgan qimmatli merosim- ahli baytimdir, Xudoni ahli baytimda zikr qiling, Xudoni ahli baytimda zikr qiling, Xudoni ahli baytimda zikr qiling!”

 2- Biz ham ana shu da`vatga “labbay” degan holda Allohni qadrli “Ahli bayt”ning hayotini tanish va tanitish yo`lida faoliyat yuritamiz.

(2-hadis) Rasululloh (S.A.O.V) Aliga ishora qilib dedilar...davomi

Bir guruh Payg`ambarimiz o`zlarining o`rinbosarlarini tayinlab ketganlar , ya`ni Ali ibn Abu Tolibni xalifa qilib tayinlaganlar deb e`tiqod qilishadi. Buguruhga muhojir va ansorning bani Hoshim avlodlari va boshqa buyuk sahobalar, masalan, Salmon Forsi, Abu Zar, Miqdod, Xubob  va boshqalar. Albatta “shia” laqabini Payg`ambarimiz o`zlari Alining tarafdorlariga qo`ygan edilar.

3- “Albatta jonim qo`lida bo`lgan zotga qasamki, mana  bu 

(Aliga ishora qilib) va uning shialari Qiyomat kunida g`oliblardandir. J.Suyutiy; “Dorul mansur”6-jild; Al-bayyinah surasining tafsirida

Shunday qilib , Islom asrining boshlarida musulmonlarning bir guruhi xalifalik tayin qilingan degan e`tiqodiga ko`ra “shia” deb nomlanganlar. Hozirgi kunda ham shialar mavjud bo`lib Payg`ambarimiz ahli baytlariga itoat qilgan holda yashaydilar. Demak, ba`zi johil yoki g`arazli odamlar aytganidek, shia keyinchalik paydo bo`lgan guruh emas.



1 2 3 4 next