Qizlar Davrasi * Qachonki, Madyanning suvi (qudug'i)ga yetib kelgach, u joyda bir to'p odamlar (chorvalarini) sug'orayotganlarini ko'rdi va ulardan beriroqda ikki ayol (o'z qo'ylarini) qo'riqlab turganlarini ko'rib: "Sizlarga ne bo'ldi?" - dedi. Ular: "Biz, to podachilar (mollarini) qaytarmaguncha, sug'ora olmaymiz. Otamiz esa qari chol", - dedilar. * Shunda (Muso) ularga (qo'ylarini) sug'orib berdi. So'ngra (bir chetdagi) soyaga borib (o'tirib), dedi: "Ey, Rabbim, men uchun nima yaxshilik (rizq) tushirsang, o'shanga muhtojdirman". * Bas, ulardan biri hayo bilan yurib kelib: "Otam seni bizlarga (qo'ylarimizni) sug'orib berganing haqini berish uchun chaqirmoqda",- dedi. Bas, (Muso Shuaybning huzuriga) kelib, unga o'z qissasini, so'ylab bergach, u: "Qo'rqmagin. Sen zolimlar qavmidan najot topding", - dedi. (Qasos surasi; 22-25-oyatlar) Libos tanlash haqida Payg’ambarimiz ayollarning qanday kiyinishi kerakligi haqida ko’p marta takidlab o’tar edilar. Ul zot kuyunchaklik bilan qizlarning hayosi haqida qaygurar edilar va shahvatparast razil erkaklarning ularga nisbatan garazli niyati paydo bo’lishining oldini olish kerakligini uqtirardilar. Shuning uchun ham xotin qizlarga o’zini ko’z ko’z qilishliklaridan qaytarar edilar. Qur’oni karimda ham ayollarning o’ziga xos kiyim kiyib yurishliklari kerakligi aytilgan: * Mo'minalarga ham ayting, ko'zlarini (nomahram erkaklardan) qo'yi tutsinlar. Va avratlarini (zinodan) saqlasinlar! Hamda ko'rinib turadiganidan boshqa ziynatlarini ko'rsatmasinlar va ro'mollarini ko'kraklari uzra tushirib olsinlar! Ular zeb-ziynatlarini erlari yo otalari, yo erlarining otalari, yo o'g'illari, yo erlarining o'g'illari, yo o'zlarining og'a-inilari, yo og'a-inilarining o'g'illari, yo opa-singillarining o'g'illari, yo o'zlari (kabi) ayollar, yo qo'l ostilaridagi (cho'ri)lar, yo (ayollardan) behojat bo'lgan (ya'ni, juda keksayib qolgan yoki aqlsiz-devona) erkak xizmatkorqullar, ayollarning avratlaridan xabardor bo'lmagan go'daklardan boshqalarga ko'rsatmasinlar! Yana, yashirgan ziynatlarini bildirib, oyoqlarini (yerga) urmasinlar! Barchalaringiz Allohga tavba qilinglar, ey mo'minlar! Shoyad, (shunda) iqbolli bo'lsangizlar. (Nur surasi;31-oyat); Qadimda ayollar ro’mollarini boshlariga tashlab qo’yar edilar va ro’molning chetini orqaga tashlab yurishar edi. Qur’onda ana shunga ishora qilib aytilyabdiki, ro’mollarini oldiga tushirib ko’kraklariga tashlab yursinlar- deyilmoqda. Albatta Allohning aytganlarini bajaruvchi mo’minlar uchun ayol bo’ladimi erkak kishimi farqi yo’q, buyuk ajrlar bordir: * Albatta, muslim va muslimalar, mo'min va mo'minalar, itoatli erkaklar va itoatli ayollar, rostgo'y erkaklar va rostgo'y ayollar, sabrli erkaklar va sabrli ayollar, tavozu'li (kamtar) erkaklar va tavozu'li ayollar, sadaqa qiluvchi erkaklar va sadaqa qiluvchi ayollar, ro'za tutuvchi erkaklar va ro'za tutuvchi ayollar, avratlarini (haromdan) saqlovchi erkaklar va (avratlarini haromdan) saqlovchi ayollar, Allohni ko'p zikr qiluvchi erkaklar va (Allohni ko'p) zikr qiluvchi ayollar - ular uchun Alloh mag'firat va ulug' mukofot (ya'ni, jannat)ni tayyorlab qo'ygandir. (Ahzob surasi; 35-oyat); Shunday qilib hamma xotin-qizlarimizga Allohnining buyuk mukofotini tilagan holda aytamizki, aziz ayollar hammangiz o’zingizning qadringizni biling va badaningizni odamlar oldida ko’z ko’z qilib o’zingizni yerga urib tahqirlamang. Balki iffat va hayoingizni saqlab yuring. Shunday qilsangiz yaratgan Parvardigorimizning muhabbatiga erishasiz. Hammamizni Alloh o’zi to’gri yo’lga boshlasin. Omin yo rabbil olamin! WWW.HIDOYAT.ORG – Xalqaro Islomiy Axborot va Ma'lumotlar Markazida tayorlangan
|