Qizlar Davrasi



Bizning aziz paygambarimiz Muhammad Mustafo (s.a.o.v) faqat erkaklarga paygambar qilib yuborilganmilar? Hamma o’tmishdagi anbiyolar kabi bizning paygambarimiz ham ikki asosiy maqsad bilan yuborilgan edilar;

1. Odamlarni ilohiy ma’rifat bilan tanishtirish;

2. Jamiyatning aqidasi va axloqini isloh qilish;

Ya’ni bir tarafdan ta’lim va hikmatni o’rgatish bo’lsa, boshqa tarafdan esa axloqini yaxshilshdir. Qur’onda aytilganidek, odamlarga ta’lim berish va ularni poklash uchun yuborilgan edi.

Endi asl masalaga kelsak, siz aziz qiz bolalarga xitob qilib aytamizki, sizlar qiz bola bo’lganingizdan faxrlanishingiz kerak. Nega deganda qiz bolani odam o;rnida hisoblashmagan johiliyat davrida paygambarimiz  kelib qizlarni iffatli rayhon deb atagan edilar. Uning ustiga qiz bolalar va ayollar haqida shunday chiroyli hadislarni aytganlarki, ularni o’qigan har qanday iymonli qiz zavqlanmay iloji yo’q. quyida ana shunday purhikmat hadislardan ba’zilarini keltiramiz:

1. Qiz bolalar yoqimtoy va dilbardirlar;

2. Sizlarning eng yaxshi farzandlaringiz –bu qizlaringizdir;

3. Ayolning xush qadamligi uning birinchi farzandi qiz bola bo’lishligidadir;

4. Yaxshi q iz- bu mehribon farzand, yordamchi, munis, barakali  va hasratdan uzoqlashtiruvchi bo’ladi;



1 2 3 next