Qizlar Davrasi



5. Kimning qizi bo’lsa, Allohning madadi va barakasiga ega bo’ladi. Chunki paygambarimiz (s.a.o.v) ga qiz bola tugilganining xush xabarini berishganida bunday degan edilar: Qiz bola gul kabi bo’ladi, uning rizqini Allohning o’zi taminlaydi.

Aziz qizlarimiz! Paygambarimiz maqtagan iffatli va bohijob qiz bo’lishga harakat qiling. Shunda ikki dunyo saodatini qo’lga kiritishingiz mumkin bo’ladi.

Yoshlikning qadriga yeting va fursatni qo’ldan boy bermang

Yoshlik –bu insonga berilgan qimmatli fursatdirki, uni qo’ldan boy berish kerak emas. Paygambarimiz bu dunyoning muddatini bir soat deb tariflagan edilar. Qiyomat kunida insonning nomai a’moli ko’rsatilganida har kun 24 qi9smdan iborat bo’ladi. Yani har bir soat qanday o’tkazilgani ko’rsatiladi. Soatlarini savob amallar bilan to’ldirgan odam nomai a’molini ko’rib shunday xursand bo’ladiki, hatto uning bu xursandchiligini do’zah ahliga taqsimlab berilsa uning azobini esdan chiqarib yuboradilar. Aksincha, gunoh ishlarga sarf qilingan vaqtini ko’rgan gunohkor odam shunday nadomat chekadiki, uning gamini jannat ahliga taqsimlab berilsa jannatiylar hamma xursandchiliklarini yo’qotgan bo’lar edilar. Ba’zi amallarni ko’rgan odam na xursand bo’ladi van a hafa bo’ladi. Bu uning uxlash uchun yoki boshqa muboh amallarni qilish uchun sarflagan bo’ladi. Bunday amallarini ko’rgan odam nima uchun shu vaqtni savob ishni qilishga sarflamadim deya pushaymon bo’ladi. Suning uchun Qiyomat kunini hasratlar kuni deb ataladi. Shunday ekan har bir o’tayotgan daqiqangizning qadriga yeting va uni savob ishlar bilan to’ldirishga harakat qiling.

Iboli va hayoli bo’ling

Hayo har qanday go’zallikning asosidir. Hayo bo’lmagan yerda hech go’zallik ham vujudga kelmaydi. Hazrat paygambarimiz (s.a.o.v) bunday deb marhamat qilgan edilar:

«الاسلام عريان فلباسه الحياء

            Islom yalangochdir va uning libosi hayodir

Hayo bu qabih ishlardan uzoqlashish demakdir. Ayniqsa odam tepasida uni doimo kuzatib turuvchi Parvardigorini his qiladi va gunoh qilishdan uyaladi. Paygambarimiz ham bunga ishora qilib Uyalinglar, sizlarning har bir qilayotgan isjhingizni kuzatib turuvchi bordir-degan edilar.  Xotin-qizlarning eng katta boyligi bu ulardagi iffat va hayodir. Bu o’rinda hazrat Muso (a.s) bilan hazrat Shuayb (a.s)ning qizlari orasidagi muomalani ko’rib ibrat olish mumkin.

              * Qachonki, Madyan (shahri) tomonga ravona bo'lgach, dedi: "Zora Rabbim meni to'g'ri yo'lga hidoyat etsa!"



back 1 2 3 next