HAZRAT VALIY ASR, IMOM MAHDI(14)



Amiral-mo`minin minbarning ustida shunday dedilar:

Oxir zamonda mening naslimdan bo`lgan ,  yuzlari oq-qizil, bilaklari kuchga to`la,  sochlari chiroyli bir  zot zuhur qiladiki, uning belida ikkita  xoli bo`lib, birining rangi- terisining

rangida, ikkinchisi  esa – xuddi Payg`ambarimiz xollariga o`xshashdir.

Hazrat Mahdining NUH  hazratlariga  o`xshashlik taraflari:

1.  Hazrat Nuh – shayxul anbiyodirlar,  va  hazrat Mahdi -  shayxul  avsiyodirlar;

2.  Nuh  payg`ambar 2500 yil umr ko`rganlar va  imom Mahdi

hozirgacha  1180 yoshdadirlar  (ya`ni umrlarining uzunl;igi  jihatidan o`xshashdirlar);

3.   Hazrat Nuh yer yuzini kofirlardan tozalash uchun kelgan edilar, va imom Mahdi ham yer yuzini poklash uchun keladilar;

4.  hazrat Nuh ko`p yillar tabkig` yo`lida sabr qilganlar,  imom mahdi ham  uzoq muddat  sabr qilib, keyin zuhur qiladilar;

5.  Hazrat Nuhning najot kemalari bo`lib, undan uzoqlashganlar halok bo`lgan, imom Mahdi ham "najot kemasi" bo`lib, ulardan uzoqlashganlar halok bo`lguvchidir.

Imom Sodiq aytadilar:

Imom zuhur qilganlarida ularni ko`pchilik inkor qiladi, chunki  yoshlari qirqlarda bo`lib,  hech  minglab yil yashaganlarga aslan o`xshamaydi.

Imom Rizo naql qiladilar:

Imom zuhur qilganlarida yer yuzi Allohning nuri bilan to`ladi,

yer ularning oyoqlari ostida tez aylanadi, imomning soyalari bo`lmaydi.

Imom Zamon zuhur qilganlarida yer yuzini adolat bilan to`ldiradilar, haqiqiy Islom hukumati barqaror bo`ladi, mazlumlar intiqomi zolimlardan olinadi.

ALLOH IMOM MAHDINING ZUHURLARINI TEZLASHTIRSIN, OMIN , YO ROBBAL OLAMIN!



back 1 2 3 4