HAZRAT VALIY ASR, IMOM MAHDI(14)Hazrat Makkai-Mukarramadan zuhur qiladilar. Ularning g`iybatlari Somirroda boshlangan edi. IMOM MAHDINING SIYRATLARI Hakima xotun hikoya qiladi: Imom Mahdi tug`ilganidan keyin qirq kun o`tgach, imom Askariyning huzurlariga kirgan edim. Ko`rdimki, hazrat Mahdi uy ichida o`zlari bemalol yuripdilar va to`la-to`kis suhbatlashyaptilar, tillari biyron bo`lib, xuddi katta yoshli odamlarning gapirishi kabidir. Mening taajublanganimni ko`rgan Imom, - "Biz imomlar boshqalar bir haftalik `osishlari miqdorida bir kunda o`samiz." Rasululloh aytdilarki: Ummatimning eng yaxshi ibodatlaridan - biri Imom Zamonning farajini intnzorlik bilan kutishdir. Shablanji naql qiladi: Imom Mahdining ko`zlari qora, payvasta qoshli, qirra burun , sersoqol va o`ng taraflarida Hoshimiylarning xoli bor bo`lgan , Rasulullohga juda o`xshagan zotdirlar. Jobir Ja`fari rivoyat qiladi: Men imom Sodiqdan "Imom Mahdining ismlari nima?" – deb so`radim, imom Sodiq: - Men Payg`ambarimizga bu haqda hech kimga to Mahdi zuhur qilmagunlarigacha autmaslikka va`da berganman, - deb jaob berdilar. Men - Sifat va nishonalari nimadir?- dedim, Imom – o`rta bo`yli, yuzlari nurli va sochlari go`zaldir – dedilar.
|