HAZRAT VALIY ASR, IMOM MAHDI(14)Imomning barcha ism va laqablari "Najmu Soqib" kitobida 182 marta zikr qilingandir. Imom Zamonning maxsus xonalari bo`lib, unda bir chiroq yonib turadi. Mazkur chiroq Hazratning tavalludlaridan to qiyom qiladigan kunlarigacha hamisha yonib turadi. Imom mahdi zuhur qilganlaridan so`ng, hazrat Iso - nabiyulloh Osmondan nozil bo`lib, imomga iqtido qilib namoz o`qiydilar. Imomning qisqa muddatli g`iybatlari, ul zotning besh yoshlik chog`larida boshlangan edi. Bu g`iybatlari 69 yil davom etgan edi. Hazratning g`iybatdalik davrlarida to`rt nafar vakillari odamlar va Imom o`rtalarida vositachilik qilishgan edi. Ularni "To`rt noib" deb atashadi. Ularning ismlari: 1. Usmon ibn Said; 2. Muhammad ibn Usmon; 3. Husayn ibn Nuh; 4 Ali ibn Muhammad. 12-imomning uzoq muddatli g`iybatlari hijratning 329 – yilidan boshlangan bo`lib, hozirgacha davom etyapi. Alloh ul zotning zuhurlarini tezlatsin!
|