4-1 - DarsIkki xil dunyoqarash Aytib o`tganimizdek odamlar ikki guruhga bo`linadilar. Birlari o`limdan bezordirlar va undan qo`rqadilar, ikkinchi guruh esa Xudo yo`lida shahid bo`lishni orzu qiladi yoki hech bo`lmasa, umrlari oxiriga yetganini sezganda hafa va g`amgin bo`lmaydilar. Bu ikki xil qarashning sababi har ikki guruh vakillarining dunyoqarashi farq qilishidadir. Birinchi guruh: bu guruh odamlar o`limdan keyingi hayotga ishonmaydilar yoki ishonadigan bo`lsalar iymonlari zaif bo`lgani uchun o`limni hamma narsa bilan vidolashish deb qaraydilar. Albatta hamma narsaga alvido deyish ular uchun juda dahshatli, yorug`likdan zulmat taraf olinadigan dardli qadam kabidir. Ular zindondan ozod bo`lib o`limga hukm qilingan mujrim kabi qo`rquvda bo`ladilar. Ammo ikkinchi guruh vakillari esa o`limni yangi tug`ilish deb biladilar. Ular `olgandan keyin odam tor va chegaralangan dunyodan keng va yorug` olamga ko`chib o`tadi deb hisoblaydilar. Bu dunyoni tor zulm va adolatsizliklarga , jang va qon to`kilishlarga to`la qafas deb qarab o`lim esa pok va musaffo osmonlarga qilinadigan parvoz kabi boqadilar. Hazrat Ali (a.s) ham shu guruhga mansub bo`lib o`lim haqida bunday deganlar: Allohga qasam ichib aytamanki, Abi Tolibning farzandiga (o`zlarini nazarda tutganlar) o`lim - emadigan bola uchun onasining ko`kragi qanday bo`lsa undan ham mahbubroqdir. Tarixda Husayn (a.s) va ularning yoronlari kabi odamlarning fidokorlik bilan o`limlarini qarshilaganlarini uchratishimiz bejiz emasdir. Shuning uchun hazrat Ali (a.s)dek inson boshlariga qilich bilan zarba yeganlarida “Ka`baning rabbiga qasam ichib aytamanki rohat bo`ldim (dunyodan qutuldim)â€-deganlar. Albatta biz odam o`zini xatarga solib o`limini tezlashtirishi kerak va hayoti uchun kurashishi kerak emas, demoqchi emasmiz. Balki inson hayotidan to`g`ri foydalanishi kerak va umrining tugashidan, ayniqsa umrini oliy maqsad sari sarflagan bo`lsa, qo`rqishi kerak emas demoqchimiz. O`ylab javob bering: 1. Nima uchun odamlar o`limdan qo`rqadilar? 2. Nima uchun ba`zilar o`limlariga tabassum bilan peshvoz chiqib shahid bo`lishni orzu qiladilar? 3. O`lim lahzasini nimaga o`xshatish mumkin? Iymonli pok odamlar bu lahzada nimani his qiladilar? Iymonsizlarchi? 4. Siz ham o`limdan qo`rqmaydigan odamlarni taniysizmi? Ular haqida qanday xotirangiz bor? 5. Hazrat Ali (a.s) o`lim haqida nimalar degan edi?
|