4-1 - Dars



QIYOMAT HAQIDA O`NTA DARS

BIRINCHI DARS

O`LIM TUGASHMI YO BOSHLANISHMI?

Nima uchun ko`pchilik odamlar o`limdan qo`rqadilar?

O`lim hamisha odamlar uchun bir dahshatli hodisa sifatida talqin qilinib hayotning lazzatini yo`qotuvchi omil sifatida baholanib kelingan. Ba`zilar nafaqat o`limdan qo`rqadilar, balki qabristonlardan ham vahshatlari bor. Ular zaru ziynatlar bilan ozgina bo`lsa ham dahshatidan va o`limning asl mohiyatini o`zgartirmoqchi bo`ladilar. Turli millatlarning adabiyotida ham bu mavzu haqida yozilgan bo`lib  “O`lim dahshati”, “O`lim changali”, “Ajal qa`ri” kabi nomlar asarning o`limni qanday tasvirlashini bayon qiladi. Odamlar bir-birlari bilan suhbatlashayotganlarida agar o`lim haqida gapirmoqchi bo`lsalar, eshituvchiga yomon tegmasligi uchun “Xudo ko`satmasin” , “O`lganning qolgan umrini sizga bergan bo`lsin” qo`shib aytadilar. Endi tahlil qilib ko`raylikchi nima uchun odamlar o`limdan bunchalik qo`rqadilar? Nima uchun ba`zilar o`limdan qo`rqish u yoqda tursin balki o`limga tabassum bilan boqadilar va o`limlari taraf harakat qiladilar?  Tarixdan ma`lumki, ba`zi odamlar o`limga qarshi darmon ketidan ovora bo`lsalar, ba`zilar esa oshiqona holda jihodga shoshilar va o`limlariga labxand bilan boqardilar. Ularning orzulari o`z mahbublari Allohning rizoyatini qo`lga kiritishdir. Bugungi kunda ham haq va botil orasida kurash davom etayotgan bo`lib ba`zilar o`z jonlarini ikkilanmay haq yo`lda berayaptilar.

Qo`rquvning asl sababi  

Agar tahlil  qilib qarasak o`limdan qo`rqishning ikki asosiy sababi bordir.

1.    O`limga yo`q  bo`lish deb qarash; Odamlar hamisha yo`qotishlikdan qo`rqadilar, kasallikdan qo`rqadilar chunki kasallik bu salomatlikni yo`qotishdir, qorong`ilikdan qo`rqadilar, chunki u nurning yo`q bo`lishidir, faqirlikdan qo`rqadilar, chunki u boylikning yo`q bo`lishidir. Gohida uyda yo`lg`izlikdan qo`rqadilar, zero  uyda hech kim yo`q.  Ajablanarlisi shundaki, o`likdan qo`rqdi, o`lik yotgan xonaga kirishdan qo`rqadi, lekin xuddi shu murda tirikligida undan hech qo`rqmas edi. Nima uchun odam yo`q va nest nobud bo`lishdan bunchalik qo`rqar ekan? Javobi aniqdir, chunki inson mavjud bo`lib faqat mavjudotlar bilan tanishdir, u yo`q bo`lishlik bilan tanish emasdir. Yo`qlik insonlar bilan begonaligi tabiiy holdir. Endi agar o`limni hamma narsaning nihoyasi deb qarasak, o`limdan qo`rqishga haqqimiz bor. Ammo agar o`liomni yangi bir hayotning boshlanishi va bu hayot abadiy deb qaraydigan bo`lsak, bu yangi hayotga sarbalandlik va solih amallar bilan borganlarga o`lim bilan ro`baro` bo`lishlariga  hatto tabrik aytamiz. 

2.    Nomai amollari siyoh bo`lganlar

Bir guruh odamlar esa o`limni yo`q bo`lish deb qaramaydilar va o`limdan keyingi hayotga ishonadilar. Lekin shunga qaramay o`limdan juda qo`rqadilar. Chunki ularning nomai amollari qora bo`lib qilgan gunohlari bilan to`ladir, shuning uchuh dardli azoblardan qo`rqadilar. Ular zindondagi og`ir jinoyat qilgan mahbuslarga o`xshaydilar. Zero bunday mahbuslar ozod qamoqdan bo`lishdan qo`rqadilar, chunki ularni o`lim hukmi kutayapti. Ular qamoqning temir panjaralariga yopishib oladilar. Sababi ozodlikni yomon ko`rishlari emas, balki kutilayotgan jazoning og`irligidir. Shunga o`xshab qilgan yomon amallarning bo`ladigan hisob-kitobini bilganlar o`limdan shuning uchun qo`rqadilar. Ammo o`limni  yo`q bo`lish deb hisoblamaydiganlar va yoki  nomai amollari qora bo`lmaganlar nima uchun o`limdan qo`rqishlari kerak? Albatta ular ham yashashni istaydilar lekin haq yo`lda yashaganlari uchun o`limga istiqbol bilan boradilar.



1 2 next