2-10 - Dars
Shuni aytishimiz kerakki, islom dinida ikki xil qonunlar silsilasi mavjuddir. Biri o`zgarmas qat`iy qonunlar bo`lsa, ikkinchisi esa usuliy jome` qonunlaridirki kishilik hayotida ro`y beradigan yangiliklarga nisbatan o`zining umumiy nazariyasini bildiradiki, unga asoslanib hamma masalalarni yechish mumkin bo`ladi. Birinchi guruh qonunlariga masalan yakkaxudolikka e`tiqod, zulm haromligi, adolat asosida ish ko`rish va boshqalar kiradi. Ikkinchi guruh qonunlariga esa "Ahdingizga vafo qiling" degan ma`nodagi qonunlar kiradiki, har zamonda har qanday ahdga xiyonat qilmaslik kerakligini bildiradi. Yoki yana bir qoida borki " La zarar" deb ataladi. Unga ko`ra insonga yoki jamiyatga zarar bo`ladigan ishni qilish mumkin emas. 3. Beshak biz turli masalarga duch kelganimizda islomiy rahbarga muhtojmiz. Agar boshqa payg`ambar kelmaydigan bo`lsa bu masala qanday hal bo`lishi mumkin? Bu kabi savollarni yechish islom dinida oldindan ko`zda tutilgandir. "Viloyati faqih" degani malum sharoitlarga ega faqih olimining jamiyatga rahbarlik qilishiga aytiladi. Bunday shaxsni tanlash uchun islomda yo`l-yo`riqlar ko`rsatilgandir. Bunga asosan munosib va loyiq fiqh olimi rahbar qilib saylanadi. Shuning uchun bu tarafdan (ya`ni jamiyat diniy rahbarsiz qoldi) havotir olishga o`rin yo`q. Viloyat faqih – payg`ambarlar va imomlar yo`lini davom ettiruvchi chuqur asosga ega buyuk sistema bo`lib odamlarni rahbarsiz qolish musibatidan najot beradi. O`ylab javob bering: 1. Xotamiyatning aniq ma`nosi nimadir? 2. Qur`onda xotamiyat haqida nima deyilgan? Bu oyatdan qanday natija olishimiz mumkin? 3. Nima uchun bizning zamonimiz payg`ambar kelishidan mahrumdir? 4. Islom qonunlari necha guruhga bo`linadi? Qanday qilib islom dini hamma zamon uchun javob bera olish qudratiga egadir? 5. Islom jamiyati diniy rahbarsiz yashay oladimi? Bizning zamonimizda bu masala qanday qilib hal bo`ladi?
|