2-10 - Dars



LA ILOHA ILLA ALLOH MUHAMMADAN RASULULLOH!

  Shunday qilib xotam degani ishni poyoniga yetkazuvchi degan ma`noni bildiradi.

3.    Ko`plab rivoyatlar naql qilinganki payg`ambarlikning tugaganligini xabar qiladi.  Jobir bin Abdulloh Ansoriy payg`ambarimizdan naql qiladi, ul zot bunday deb marhamat qildilar: Men payg`ambarlar ichida xuddi qurilayotgan binoning so`nggi g`ishti kabiman. Har kim bu binoga boqqanda “qanday chiroyli bino ekan, lekin bir dona tirqishi ochiq qolib bu yerning ko`rinishini buzib turgandek” –deydi. Men esa ana shu ulkan binoni to`liq komil qilish uchun qo`yilgan oxirgi g`isht kabiman.

Imom Sodiq aytadilar: HAZRAT MUHAMMAD (S.A.O.V)NING HALOLI TO QIYOMATGACHA HALOL VA HAROMI TO QIYOMATGACHA HAROMDIR.  

Shia va sunniy mo`tabar kitoblarida keltirilgan hazrat Ali naql qilingan hadisda bunday deyiladi: Payg`ambarimiz Aliga qarab: Sening menga nisbating Horunning Musoga bo`lgan manzilati kabidir, illo mendan so`ng hech qanday payg`ambar kelmaydi.

Payg`ambarlikning tugashi haqida ko`plab savollar tug`iladiki ba`zilarini keltirib ularga javob beramiz.

1.     Agar payg`ambarlar bashariyatni hidoyat uchun yuborilgan bo`lsa nima uchun bizning zamonimiz bunday ne`matdan bebahra bo`lishi kerak? Nima uchun biz uchun yana boshqa payg`ambar kelmadi?

 

Bu savolni so`rayotganlar o`ylaganidek bu zamon odamlari payg`ambar kelishi uchun layoqatsiz emaslae, balki agar odamlar islomning ta`limotlariga amal qilsalar hidoyat bo`lishlari uchun kifoya qiladi, zero bashariyat taraqqiyotning yuksak choqqisiga yetgan . faqat amal qilishga muhtoj lekin yangi payg`ambar kelishi va yangi shariat keltirishiga esa ehtiyoji yo`qdir. Shu o`rinda bir misol keltirmoqchiiz:  ulul azam payg`ambarlari ya`ni yangi shariat keltiruvchilar 5ta bo`lganlar. Hz. Nuh (a.s), hz. Ibrohim (a.s), hz. Muso (a.s), hz. Iyso (a.s)  va hz. Muhammad birin ketin hidoyat bayrog`ini qo`lga olib odamlarni maqsad (kamolot sari) boshlaganlar. Oxirgi payg`ambarga kelganda bu insoniyat karvoni maqsadga ancha yaqindir va yangi shariatga ehtiyoji yo`qdir. Masalan, bashariyatni dars o`quvchi deb qarasak, avval birinchi sinf, keyin ikkinchi  va hokazo to doktorlik dissertaciyasini yoqlagan professor darajasigacha yetib bordi. Bundan keyin bu olim faqat bilganlariga amal qilishi bilmaganlarini esa o`zida bor kitoblarga murojaat qilib topib izlanishi kerak. Lein yana qandaydir o`quv muassasida o`qishga esa hojat yo`qdir. Islom dini kelishi bilan odamlar ana shunday yetuklik darajasiga yetganlar va hidoyat bo`lishlari uchun faqat keltirilgan yangi dinga amal qilsalar bo`ldi haqiqatga bir qadam qolgan.

2.     Agar insoniyat jamiyati har kuni taraqqiy etayotgan bo`lsa qanday qilib nozil bo`lgan islom dini yangi o`zgarishlarga javob bera olishi mumkin?    



back 1 2 3 next