2-9 - Dars



9-    Payg`ambarimiz da`vatlari nafaqat umumiy afkorga tasir qildi balki juda tez sur`atlar bilan yoyilgan edi. Hatto g`arb olimlari bu haqda mutolaa qilib islomning yoyilish sur`atidan hayron qoldilar. Shu olimlardan uch nafari “Arab dunyosi taraqqiyoti va uning sharqdagi tarqalishi” nomli kitoblarida buning sababini bilishga intilib tahlil qilib bunday deydilar: Hamma qilgan sa`yu-harakatimizga qaramasdan biz hanuzgacha qanday qilib Islom bir asrdan ozroq vaqt ichida dunyoning katta qismiga nufuz qilganining sababini bila olmadik. 

Haqiqatdan ham qanday qilib Islom millionlab odamlarning qalbidan chuqur o`rin egallaganligini tushuntirish mumkin?

10-    Oxiri shunday xulosaga kelamizki, kimki, payg`ambarimiz bilan dushmanchilik qilgan bo`lsa ularning hammasi mustakbir, zolim, xudbin, boyligiga ruju qo`ygan nodon odamlar bo`lishgan edi. Lekin iymon keltirgan odamlar esa pokdil, faqir, qullar va aksariyati yoshlar bo`lgan edi. Ular haqiqat talab bo`lgan edilar va payg`ambarimiz vujudlarida ana shu haqiqatni topgan edilar.

Qilingan qisqa tahlillardan ko`rinib turganidek payg`ambarimiz da`vatlari ilohiy da`vat edi, u g`ayb olamidan kelayotgan hidoyat nuri edi va u bashariyatning abadiy saodatga yetaklaydigan buyuk ne`mat edi. Odamlarni shirk va jaholat zulmatidan yorug` kelajakka boshlaydigan baxt mayog`i  edi.

O`ylab javob bering:

1.    Payg`ambarimizning rostgo`yliklarini isbot qilish uchun mo`jiza keltirganlilardan boshqa yo`li ham bormi?

2.    Arablarning islomdan oldingi va keyingi vaziyatlarini bilishqaysi haqiqatni anglashga yordam berishi mumkin?

3.    Johiliyat davri haqida nimalarni bilasiz? Qisqacha bayon qilib bering.

4.    Nima uchun dushmanlar payg`ambarimizni sehrgarlikda ayblashar edi?



back 1 2 3