2-9 - Dars



10.    iymon keltirgan odamlarning qaysi toifaga mansub ekanligini aniqlash;

Agar biz yuqorida sanab o`tilgan o`nta masalani alohida –alo0ida diqqatlik bilan o`rganib chiqsak,  payg`ambarlikni iddio qiluvchi odamning rostgo`y yoki yolg`onchi ekanligini tezda anglab olishimiz mumkin.  Hamma masalalarni bizning payg`ambarimizga nisbatan holda tatbiq etadigan bo`lsak o`nlab kitoblarni yozish mumkin bo`ladi. Shuning uchun biz juda qisqartirilgan holdagina ko`rib chiqamiz:

1-    payg`ambarimizning axloqlari haqida hamma tarixshunoslarning fikri bir xildir. Hatto islom dushmanlari ham ul zotning  yuksak axloqiy fazilatlari haqida yozishgan. Hattoki johiliyat Rasuli akram “Muhammad-amin” laqabi bilan shuhrat qozongan edilar. Ul zot Madinaga hijrat qilayotganlarida hazrat Aliga hamma omonatlarini qaytarish uchun Makkada qoldirgan edilar. Shihoat , istiqomat, husni xulq, bag`ri kenglik, mardlik, kechirimli bo`lishda kabi sifatlarni ul zot jangda bo`ladilarmi yo tinchlikda mushohada qilishimiz mumkindir. Ayniqsa Makka fath bo`lganida shahar aholisining hammasiga afv e`lon qilganlari aytganlarimizning yaqqol misolidir.

2-    Bizgqa yaxshi ma`lumki, har qanday odam yashayotgan muhitidan ozmi ko`pmi ta`sirlanmay iloji yoq. Endi o`zingiz o`ylab ko`ring, qirq yil butparastlar orasida johiliyat zulmati ichra kun kechirgan hazrat payg`ambarimiz  xolis tavhid haqida xabar berib, butparastlik bilan qat`iy kurashdilar. Qanday qilib johillar orasidan taraqqiy etgan ilmiy g`oyalar olamga taralishi mumkin? Axir ilohiy ko`maksiz shunday hodisa ro`y berishi mumkinmi?

3-    Payg`ambarimiz qaysi zamon va makonda zuhur qildilar? Bu davr jahon o`rta asr tarixi davrini boshidan kechirayotgan edi. Zulmu-istibdod, millatchilik, odam ajratish va keskin johiliyat zulmati davri edi. Hazrat Ali o`zlarining “Nahjul Balog`a” kitoblarida bu davrni tasvirlab shunday degan edilar:  Xudovand ul hazratni shunday davrda payg`ambarlikka tanladiki, jaholat gumrohligi vodiysida hayron, aqllar shahvatga taslim bo`lgan zamon edi. Odamlar jaholat zulmatiga g`arq bo`lgan va nodonlik va havotir orasida sargardon edilar. Shunday ayanchli davrda payg`ambarimiz tenglik haqida so`zlab, mo`min mo`minga birodardir degan shiorni o`rtaga tashladilar.

4-    Da`vatning chuqur ma`nosi, yakkaxudolik g`oyasi, zulm ko`rganlarni himoya etish, jahonning adolatli hukumati haqidagi xabarlar , insonning qadr-qiymati nima bilan  o`lchanishi va boshqalar .

5-    O`z manfaatiga yetish uchun har qanday yo`ldan foydalanish mumkin degan ideyaga qarshiliklari, muqaddas maqsadga yetish uchun faqat muqaddas vositalardan foydalanish kerakligini ta`kidlab amalda ham o`zlari shunday ish tutganlari. Moida surasi 8-oyatida aytilganidek “ hech bir qavm bilan dushmanlik sizlarni adolatni ijro etishdan man` qilmasin”.  Hatto jang maydonida ham hazrat axloqiy fazilatlarini qo`ldan chiqarmas edilar va yoronlarini ham bu dasturlarga amal qilishga chaqirar edilar, daraxtlarga o`t qo`yishdan, suvlarni ifloslantirishdan saqlanishga, asirlarga mehribon bo`lishga, va shunga o`xshash o`nlab dasturlarga bo`yinsunishga buyurardilar.

6-    Hazratning qilgan da`vatlari muhitga shunday kuchli tasirini o`tkazgan ediki, hatto dushmanlar u kishiga yaqinlashishdan qo`rqar edilar va boshqalarga ham yaqinlashmanglar deb aytishar edi. Chunki ularning jozibalari o`ta tasirli edi, agar xutba qilsalar mabodo odamlar gaplaridan tasirlanib qolmasin deb, dushmanlar atidan baqir-chaqir qilar edi. Jozibaning kuchidan qo`rqib ularni sehrgar deb aytishar edi. Bu laqabning o`zi payg`ambarimizning naqadar jalb qilish kuchiga ega bo`lganlarini ko`rsatadi.

7-    Qilayotgan da`vatlariga fidokorlik va sadoqatlari ayniqsa jang maydonida isbotlanar edi. Yangi islomga kirgan ba`zi sahobalar jang maydonidan qochib ketganlarida ham dushmanning turli tahdidlari qarshisida ham, nayranglari qarshisida ham o`z iymon va etiqodlarida mahkam va ustivor bo`ldilar va zarracha ikkilanmaganlar.

8-    Necha martalab hazratni tilyog`lamalik bilan og`dirishga harakat qilishdi, lekin ular “Agar bir qo`limga quyoshni va boshqa go`limga oyni qo`ysalar ham bu yo`ldan qaytmayman”-deb javob berdilar.



back 1 2 3 next